|
Metal-dielektriklar xossasi
|
bet | 1/8 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 138,6 Kb. | | #244260 |
Bog'liq Metal-dielektr xossalar METAL-DİELEKTRİKLAR XOSSASI
RЕJA:
Elektr tokini otkazuvchi materiallar.
Metallardan yasalgan otkazgichlar.
O’ta o’tkazgichlar. Yuqori elektro qarshilikka ega qotishmalar. Kontakt materiallar. Uzuvchi kontaktlar uchun materiallar.
Xulosa
Fodalanilgan adabiyotlar
Metall va ularning qotishmalaridan yasalgan o‘tkazgichlar
Texnikada, Ayniqsa aviatsiyada tokni yuqori darajada otkazadigan yuqori otkazgich metallari va qotishmalari keng qollaniladi: oltin, kumush, mis, bronza, latun va h.k. Bular yuqori elektr otkazuvchanlik; yetarli mustahkamlik, plastiklik atmosfera sharoitida korroziyabardoshlik qobiliyatlariga ega.
Metallar qancha toza bolsa (qoshimchalar-primeslar va nuqsonlardan) shuncha ularning otkazuvchanligi yuqori boladi.
Oksidlanmaydigan otkazgichlar, yuqori va ota yuqori chastotali asboblar- priborlarning kontaktlari va pechatli mikrosxemalar uchun kumush ishlatiladi. Kumush havoda oksidlanmaydi. Lozim bolganda mis, latun va tok otkazmaydigan materiallar (keramika, oyna, kvarts, polimer) ustiga maxsus usul bilan kumush qoplama beriladi. Ba‟zi hollarda kumush oltin bilan almashtiriladi.
Mis amaliyotda juda keng ishlatiladi. U yuqori otkazish qobiliyatiga ega, mexanik xossalari yaxshi, arzon. Induktsiya usulida vakuumda olingan (kislorodsiz) mis yuqori otkazgichlik va plastiklik qobiliyatiga ega. “Nagartovka” qilingan mis-MT yuqori puxtalikka ega.
Yumshoq mis-MO,M1 kabellarning ichaklarini, “obmotka” - orama simlarni yasash uchun ishlatiladi.
Kislorodsiz mis-MOO (02<0,02%) esa elektrovakuum asboblarda, SVCh- asbobida, mis “folьgasi” yasash uchun ishlatilad M2,M3,M4 markali simlar asosan qotishma olish uchun ishlatiladi. Mexanik xossalari yuqori bolishligi talab qilingan mahsulotlar uchun latunlar, kadmiyli va berilliyli bronzalar ishlatiladi.
Kadmiyli bronzadan “trolley”lar, sirpanuvchi kontaktlar, membranalar yasaladi. Latunlardan har xil tok otkazuvchanli detallar yasaladi.
Alyuminiy yuqori elektr otkazuvchanligi,plastikligi va kam zichligi bilan xarakterlanadi.Ota toza alyuminiy-A999,A995 va yuqori tozlikdagi alyuminiy A99,A95 ishlab chiqariladi. Bulardan elektrolitik kondensatorlar,kabellarning himoya qobiqlari yasaladi. Texnikaviy alyuminiydan-A85,A7 kabellar va tok otkazuvchi shinalar yasaladi. Elektr ozatuvchi liniyalar uchun alyumin qotishmasi-Al-Mg-Si ishlatiladi,yuqori puxtalikka ega. Kopchilik hollarda bilitollar ishlatiladi,tok otkazish simlari,ozagi polatdan qobigi esa mis yoki alyuminiydan. Qobiq galьvanik usulda yoki plakirovka usulida olinadi.
Temirning otkazuvchanligi ancha past. Lekin mustahkam (Ϭ=300+700MPa). Bu uni oqlaydi. Asosan kam uglerodli (S=0,1-0,15%)va oddiy sifatli polatlar (St0,St1,…..St6) ishlatiladi. Bulardan tok shinalari,tramvay,metro temir yollari (elektropoezd\u) relьslari yasaladi.
Korsatgichlar
|
Ag
|
Au
|
Cu
|
Al
|
Zichlik,kg/m3
|
10500
|
19300
|
8900
|
2700
|
Erish harorati,ºS
|
960
|
1063
|
1084
|
658
|
elektr qarshilikning haroratli
koeffitsenti,αp103 ºC-1
|
3,6
|
0,4
|
4,5
|
4,3
|
Nisbiy
elektroqarshilik,r,mkOm*m
|
0,016
|
0,024
|
0,018
|
0,027
|
Qoshimchalarning borligi tok otkazuvchanlikni ancha pasaytiradi.
Masalan misning otkazuvchanligini kremniy va marganetsning ozgina miqdori ham ancha pasaytiradi. Puxtalanish ham (naklep) otkazuvchanlikni ancha pasaytiradi: masalan: shtamplash, kiryalash usullarida olingan mahsulotlar.
|
| |