ikkinchi o`ta o`tkazgichlar chiqarayotgan kogerent juft elektronlar to`lqin funksiyalarning fazalari, I
c esa tunnel kontakt orqali o`tadigan tokning maksimal qiymati.
Yuqorida
bayon qilingan hodisa, ya`ni bir-biridan yupqa dielektrik qatlam
bilan ajratilgan ikki o`ta o`kazuvchan holatdagi metallardan iborat tunnel kontakt orqali elektr tok oqishi Jozefsonning statsionar effekti deb nom oldi. Shuni
alohida qayd qilish kerakki, tunnel kontaktiga kuchlanish berilmaganda ham o`tkazuvchanlik toki oqadi. Metall plastinkalari o`ta o`tkazuvchan holatda bo`lgan tunnel kontakt (o`ta o`tkazgich –dielektrik- o`ta o`tkazgich) ni Jozefson elementi deb atalishining boisi ham shunda.
Endi, tunnel kontaktni tashqi tok manbaiga ulab dielektrikda elektr maydon vujudga keltiraylik. Metall plastinkalar normal holatda bo`lsa (kritik temperaturadan katta T>T
k lar uchun ) tunnel kontakt orqali normal tunnel tok oqadi, uning qiymati qo`yilgan kuchlanishga proporsional bo`ladi.
Metall plastinkalar o`ta o`tkazuvchan holatda bo`lsa (kritik
temperaturadan kichik Tk lar uchun) tunnel kontakt orqali o`zgaruvchan o`ta o`tkazuvchanlik tok o`tadi. Xuddi tebranish konturidagi tok kabi tunnel kontaktdan o`tayotgan o`zgaruvchan tok elektromagnit to`lqinlar nurlantiradi. Jozefsonning nostatsionar effekti deb nom olgan mazkur hodisani quyidagicha kashf etiladi. O`ta