|
Yarimo’tkazgich kremniy materialiga mexanik ishlov berish
|
bet | 3/4 | Sana | 01.10.2024 | Hajmi | 209,52 Kb. | | #273093 |
Bog'liq 1- Ma\'ruzaYarimo’tkazgich kremniy materialiga mexanik ishlov berish
Yarimo’tkazgich kremniy materialiga kirishma atomlarini diffuziya usuli bilan kiritish
Kirishma atomlarning yarim o‘tkazgich material sirtidan diffuziya natijasida hajm bo‘ylab kirib borish tezligini ko‘rsatadigan kattalik bu diffuziya koeffitsiyentidir. Diffuziya koeffitsiyenti qiymati ham kirishma atomlarning parametrlari va diffuziya tezligiga bog‘liq.
.
Bu yerda, Do – temperatura cheksiz bo‘lgandagi diffuziya koeffitsiyenti, Ed – diffuziyani faollashtirish energiyasi.
Agar diffuziya jarayonida jism sirtidagi yoki diffuziya kechayotgan muhitda kirishma atomlar konsentratsiyasi kirishma atomlarning diffuziya bo‘layotgan haroratdagi eruvchanligidan juda katta bo‘lsa, ya’ni diffuziya jarayonida kirishma atomlarning sirtdagi qiymati deyarli o‘zgarishsiz qolsa, bunday holatni chegaralanmagan manbadan diffuziya deyiladi.
Agar diffuziya jarayonida kirishma atomlarning jism sirtidagi konsentratsiyasi o‘zgarib boradigan bo‘lsa, bunday holni chegaralangan manbadan diffuziya deyiladi.
Datchiklarni yaratishga tanlab olingan kremniyning elektro-fizik parametrlarini hisoblash
- Diffuziya koeffitsienti , birligi sm2/s
- Solishtirma qarshilik , birligi om*sm
- Harakatchanlik , birligi sm2/(V*s)
Materiallarning elektrofizik parametrlarini aniqlash maqsadida Xoll effektida va infraqizil spektropida olingan natijalar
Dastlabki namuna sifatida KDB-3 kremniy materiali olindi. Diffuzuya usuli orqali kremniy kristallida marganets atomlarining nanoklasterlari hosil qilindi. Diffuziya jarayonidan keyin marganets atomlarining elekroaktivlarini aniqlash uchun Xoll effekti usuli bilan ularning asosiy parametrlari aniqlandi. Hamda infraqizil spektropida IQ sezuvchanligi Azot temperaturasida ko’rildi.
|
| |