|
Energetika sanoati chiqindi materiallari
|
bet | 1/3 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 250,02 Kb. | | #123600 |
Bog'liq Energetika sanoati chiqindi materiallari(maruza) 222-QMBICH TALABASI MASHARIPOVA SEVARA --------------------------------------------------------------------- - Bugungi kunda turli xildagi chiqindilar dunyo miqyosidagi asosiy ekologik muammo bo‘lib kelmoqda. O‘rganilayotgan ilmiy-tadqiqot tahlillariga ko‘ra, oxirgi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorllikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, bugungi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi ro‘yxatga kiritilgan. Shuningdek, chiqindilarning hajmi har yili o‘rtacha hisobda 3% ga oshib bormoqda. Ko‘pchilikka ma’lumki, ko‘p yillar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri boshqarish natijasida tabiiy resurslar o‘zgarishi va tabiat hodisalarining buzilishiga sabab bo‘lgan.
--------------------------------------------------------------------- - Hosil bo‘layotgan chiqindilarning80% ini organik moddalar tashkil etadi va ularni qayta ishlash natijasida biz katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarishimiz mumkin. Xom ashyo materiallaridan kompleks foydalanilganida sanoat chiqindilari yoki tashlandiq keraksiz mahsulotlar boshqa bir sanoat ishlab chiqarishiga xom ashyo bulishi mumkin. SHunga o‘xshash, xom ashyolardan foylalanilganda xozirgi davr xalq xo‘jaligining rivojlanish talablariga mantiqan to‘g‘ri keladi.
--------------------------------------------------------------------- - Xom ashyo materiallaridan kompleks foydalanish axamiyatini bir necha xil yo‘nalishlarda ko‘rib chiqish mumkin:
- Birinchidan, chiqindilarni qayta ishlash atrof-muxitni muhofaza qilish, qimmatli yer maydonlarini chiqindilardan, jumladan, chiqindi yig‘iladigan maxsus joylarni, atrof-muxitni chiqindi va uyumlaridan tozalash imkonini beradi.
- Ikkinchidan, sanoat chiqindi mahsulotlari ma’lum darajada qayta ishlov soxasidagilarni ishlab chiqarish jarayonida boshlang‘ich texnologik ishlov (maydalash, kuydirish) berilgan yuqori sifatli xom ashyoga bo‘lgan talabni qondiradi.
- Uchinchidan, xom ashyodan kompleks foydalanilganda mahsulot xisobiga kapital xarajat nisbatan pasayadi, xarajatlar sarfini qoplash muddatlari kisqaradi, sanoatda chiqindilarni joylash, ularni saqlaydigan omborxonalar qurilishiga ketadigan sarfni kamaytiradi, issiqlik va elektr energiyalarini yangi maxsulotga qilinadngan sarfi chiqindilarni texnologik tayyorligi sababli kamayadi, jixozlarning ishlab chiqarish quvvati ortadi.
|
| |