• КIRISH
  • ASOSIY QISM
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik




    Download 60.12 Kb.
    bet1/18
    Sana03.05.2023
    Hajmi60.12 Kb.
    #55911
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Porshenli nasoslar va ularning asosiy parametrlari, tuzilishi va, 11 SECRETS TO MEMORIZE THINGS QUICKER THAN OTHERS, 1677743744, Academic-Data-388191100377, Муратов Абубакир, 2-deadline Farid, 1701788243, 132, lap, jaxon adabiyati songisi, Atom odatlari, 6 Kraxmalli pekmez ishlab chiqarish texnologik sxemasi, АУДИТ, DTST 1-lab

    O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
    Muhandis-texnika fakulteti

    Meva-sabzavotlarni saqlash texnologiyasi” fanidan




    KURS ISHI
    Mavzu: Vaqtinchalik omborlarda 150 tonna sabzini saqlash (handakda) texnologiyasi.
    Rahbar: kat.o‗q. Saydalov F.M.



    Ishni bajaruvchi:
    QXT-441 guruh talabasi Xolmamatov S.

    Qarshi-2014 yil

    T A S D I Q L A Y M A N”
    Qishloq xo„jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri dots. A.Abdiyev
    « » 2013 yil
    Kurs ishi/loyihasiga TOPSHIRIQ
    Fanning nomi: Meva-sabzavotlarni saqlash texnologiyasi

    Talaba:
    Xolmamatov Sardor
    QXT-441 guruh


    1. Kurs ishi/loyihasining mavzusi: Vaqtinchalik omborlarda 150 tonna sabzini saqlash (handakda)

    2. Kurs ishi/loyihasi uchun boshlang„ich ma‟lumotlar:

    O„zbekistonda yetishtiriladigan mahalliy sabzilarning navlari, ularni yig„ib-terib olish, navlash, inspeksiyalash, kalibrlash va saqlashni tashkil qilish. Texnik va texnologik hisoblarni bajarish.

    1. Qo„llanmalar:

    1. O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qabul qilingan qonunlar to„g„risida

    2. Bo„riyev X.CH., Jo„rayev R., Alimov O.- Meva-sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlov berish. T., “Mehnat”, 2002.

    3. Bo„riyev X.CH., Rizayev R. - Meva-uzum mahsulotlarini biokimyosi va texnologiyasi. T., “Mehnat”, 1996.

    4. Volkind I.L. Promishlennaya texnologiya xraneniya kartofelya, ovoshey i plodov. M.: Agropromizdat, 1989. s.187.

    5. Kursovoye proyektirovaniye po teplotexnike i primeneniyu teplot v selskom xozyaystve. Pod red. Draganova B.X. M.: Agropromizdat, 1991. s. 176.

    6. Mexanizatsiya protsessov xraneniya i pererabotki plodov i ovoshey. Spravochnik. V. V. Mamot i dr. M.

    , «Agropromizdat», 1988.

    1. Oripov R., Sulaymanov I., Umurzoqov E. Qishloq xo„jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. T.: Mehnat, 1994. 296 b.

    2. Rasulov A. - Kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash. T., “Mehnat”, 1995. 9. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O„zbekiston mevachiligi. T., «O„qituvchi», 1981.

    1. Shirokov E.P., Polegayev V.I.- Texnologiya xraneniya i pererabotki plodov i ovoshey. M., Agropromizdat. 1989

    2. Shirokov E.P. - Praktikum po xraneniyu i pererabotki plodov i ovoshey. M., “Kolos”, 1989. 12. Internet ma‟lumotlari va b.

    1. Hisobiy izoh qismining mazmuni (ishlab chiqilishi lozim bo„lgan savollar ro„yxati):

    Kirish; Sabzilarning navlari, ularni yig„ib-terib olish, navlash, inspeksiyalash, kalibrlash va saqlash qurilmalari va texnologiyalari tahlili; Taklif etiladigan saqlash qurilmalari va texnologiyalarini texnik- iqtisodiy asoslash; Saqlashda ishlatiladigan qurilmalarning vazifasi va texnik tavsifi; Hisobiy bo„lim (saqlagichlarni tanlash, saqlash xonalarini joylashtirish, saqlagichlardagi issiqlik muvozanati, namlikning almashinishi, havoni yangilash tizimini va h.k. hisoblash); Saqlashda ishlatiladigan qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik chora-tadbirlari; Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati.

    1. Chizmalar ro„yxati (bajarilishi lozim bo„lgan chizma va grafiklar):

    Saqlash qurilmalari va inshoatining chizmasi; Qurilmaning umumiy ko„rinishi; Detallarning ishchi chizmalari.


    Rahbar: k.o„q. Saydalov F.
    Talaba: Xolmamatov S.

    КIRISH


    2011-2015 yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‗g‗risidagi O‗zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori chiqqan bo‗lib, bu qarorda ―Aholini va ijtimoiy soxa obyektlarini ayniqsa qish-bahor davrida meva-sabzavot mahsulotlari bilan ishonchli, kafolatli ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan zamonaviy sovutish va ombor asbob-uskunalari bilan jixozlangan saqlash joylarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek meva- sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni kengaytirish‖ nazarda tutilgan.
    Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‗minlanishini keskin yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi davrning eng mas‗uliyatli masalasidir. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil bo‘yi ta‗minlab turish uchun xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ishlariga alohida e‗tibor berish lozim.
    Ma‗lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmagan holda aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan ta‗minlash masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda.
    Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribaga tayanib ish kurilsa, mahsulotning isrof bo‘lishi ancha kamayadi. Shu hisobdan aholi 20% va undan ham ko‘proq qo‘shimcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta‗minlanishi mumkin.
    Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, o‘simlikshunoslik, agrokimyo, mikrobiologiya, mevachilik, qishloq xo‘jalik mashinalari, fitopatologiya, entomologiya, o‘simliklarni himoya qilish va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda.
    O‘zbekiston sharoitida hanuzgacha qishloq xo‘jalik ekinlarining hosilini yig‘ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari chuqur o‘rganilmayapti, bu boradagi fan-texnika yutuqlari ishlab chiqarishga keng joriy etilmayapti. Mavjud omborxonalar ham mahalliy ob-havo va iqlim sharoitlarini hisobga olmagan holda qurilgan.

    ASOSIY QISM


    Qishloq xo‟jalik mahsulotlarini saqlashning tarixi
    Inson qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste‘mol eta boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib keladi. Etishtirilgan mahsulotni nes-no‘bud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash va undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo‘lgan. Кo‘chmanchi qabilalar yig‘ilgan meva va urug‘larni saqlash uchun tabiiy omborlar - g‘or, daraxtlarning g‘ovaklaridan foydalanishgan, keyinchalik esa maxsus erto‘lalar qurishgan. Qabilalar o‘troq bo‘lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarini saqlash, shuningdek, ularni zararkunandalardan asrashni o‘rgana boshlagan.
    O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga alohida e‘tibor berib kelishgan. Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduzda o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli go‘sht, yog‘, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning eng qadimgi usullaridan ko‘mib yoki ilib saqlash, qoqi olishda quritish kabilar keng qo‘llanilgan. Mahsulot saqlashda sabzavot, don, meva, go‘sht, qazi va tuxumni ko‘mib, poliz mahsulotlarini osib saqlash, turli meva, qovun, pomildorilardan qoqi olish, uzum, rayxon, kashnich, jambil va qizil qalampirni quritishni amalda keng qo‘llanilishi shular jumlasidandir. Asosan, quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan qog‘oz va yog‘och qutilarda, sandiqlarda saqlangan.
    Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha ma‘lumotlar Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda yoritilgan. Ibn al Xaysam (965-1035), Ibn Xatib ar Roziy (1149-1209), Ibn Rashta (XII asr), Ibn Hammar (942 yilda tug‘ilgan) Muhammad Ibn Baxrom (1194 yilda vafot etgan), Abu Hamid Ibn Ali Ibn Umar, Xasrat Mashxadiy Sayid Muhammad (XVII asr) kabilarning asarlarida dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash tilga olingan. Ular bu mahsulotlarning foydaliligini va ularni qi-shin - yozin iste‘mol qilish zarurligini batafsil bayon etganlar.



    Download 60.12 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 60.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik

    Download 60.12 Kb.