• Al – Xorazmiy
  • Al-Xorazmiy aytadiki
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi Davlat Universiteti




    Download 2,5 Mb.
    bet2/10
    Sana23.05.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #251450
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kinoteatr tizimi. Bo’sh joylarni aniqlash va bilet sotish dasturini yaratish

    Asosiy qism
    2.1 Algoritm
    Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
    Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri.
    Algoritm so’zi Al – Xorazmiy nomining lotincha talaffuzidan kelib chiqqan bo’lib. Muxammad Muso Al-Xorazmiyning X asrda yaratilgan qo’llanmasida keltirilgan o’nlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish qoidalari soddaligi tufayli yevropada ham o’nlik sanoq sistemasi qo’llanishiga turtki bo’ldi. Bu qoidalar tarjimasida xar bir qoida “Al-Xorazmiy aytadiki” deb boshlangan va bora-bora talaffuz tufayli algoritm tarzida ifodalanib kelgan.
    Hozirgi paytda algoritm sifatida biror masalani ishlash yoki biror ishni bajarish uchun qilinishi kerak bo’lgan tartiblangan chekli sondagi aniq bir qiymatli ko’rsatmalar ketma-ketligi tushiniladi. Algoritm tushunchasi keng ma’noda tahlil qilish mumkin.Algoritm ma’lum bir buyruqlar to‘plami bo‘lib, bajaruvchi uchun aniq ko‘rsatmalarni o‘z ichiga mujassamlashtiradi. Ushbu buyruqlar bajaruvchiga ko‘rsatilgan maqsadga erishish uchun asos bo‘lishi kerak.
    Demak, qo‘yilgan masalani bajarish ma’lum ketma-ketlikda elementlarni ijro etish orqali erishiladi. Bunda algoritmni bajaruvchi algoritm ijrochisi hisoblanadi. Umuman, uni 2 guruhga ajratish mumkin:
    1-guruh algoritmlarining ijrochisi faqat inson bo‘lishi mumkin.
    2-guruh algoritmlarining ijrochisi ham inson, ham kompyuter bo‘lishi mumkin.
    Bu guruh algoritmlari ijrochisini kompyuter zimmasiga yuklash mumkin. Buning uchun algoritmni kompyuter tushunadigan biror dasturlash tilida yozib, keyin uning xotirasiga kiritish kifoya.Umuman olganda ijrochi algoritmda mavjud maqsadni bilmaydi. U bevosita keltirilgan buyruqlarni bajaradi.Informatikada algoritmlarning ijrochisi kompyuter deb hisoblanadi.
    Shunday qilib, biz, algoritm deganda, berilgan masalani yechish uchun ma’lum tartib bilan bajarilishi lozim bo‘lgan chekli sondagi ko‘rsatmalar ketma - ketligini tushunamiz.Algoritmlarni yozish uchun qo‘llaniladigan tillar algoritmik tillar deb ataladi.
    Algoritmik tilni kompyuter ham tushunsa, u holda bu til dasturlash tili deb ataladi.
    Demak, algoritmik yoki dasturlash tillari ham berilgan masalani yechish algoritmining yozish usullaridan biri hisoblanar ekan.
    Algoritmlarni o‘rganish davomida biz quyidagi asosiy tushunchalar bilan tanishamiz: algoritm, blok-sxema, chiziqli algoritmlar, tarmoqli algoritmlar, takrorlash jarayonlari, iteratsion jarayonlar.
    Biror masalani kompyuterda yechishda eng muhim va ma’suliyatli ishlardan biri bu masalani yechish algoritmini yaratish bo‘lib, bu jarayonda bajarilishi lozim bo‘lgan barcha bo‘lajak buyruqlar ketma-ketligi aniqlanadi. Algoritmda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar hisoblash jarayonining noto‘g‘ri bajarilishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, xato natijaga olib keladi.
    Umuman, istalgan masalaning yechimi deyilganda, masalani yechish algoritmi mavjudligi va ushbu algoritm natijaga erishishini ta’minlashi zarurligi tushuniladi.
    Algoritmning asosiy xossalari. Algoritm quyidagi asosiy xossalarga ega: uzluklilik, aniqlik, natijaviylik va ommaviylik.

    Download 2,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi Davlat Universiteti

    Download 2,5 Mb.