BUXORO MUXANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“ENERGETIKA” FAKULTETI
“Elektr mexanikasi va texnologiyalari” kafedrasi
8-son yig‘ilish bayoni
Buxoro sh. 06.02.2024 y.
Qatnashdilar: «Energetika» fakulteti dekani “Elektr mexanikasi va texnologiyalari” kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilar.
I.I.Xafizov, dots.A. T.Voxidov
dots. B.X.Shaymatov, dots. D.A.Raxmatov,
dots. P.Shoyimov, dots.Q.B.Hojiyev
M .B. Bozorov, N .K.Babanazarova
Assistentlar:A.F.Muxtorov, K.K.G‘afforov,
M.Q.Jo‘rayev, N.Sh.Sharipov
O’qituvchi-stajyorlar: T.A.Sattorov, D.R,Xusenov,
B.B.Murodov, F.J.Xudoynazarov,
Y.Y.Akiyev, N.N.O‘rinov
Doktorantlar;, M.O.G‘afurov,
S.SH.Rustamov, F.F.Muzaffarov;
Laborant: B.Z.Baxranova
K U N T A R T I B I
1. Prezident tomonidan 01.02.2024 yildagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-sonli Qonuni imzolanganligi muxokamasi.
Eshitildi:
1-masala bo’yicha “Elektr mexanikasi va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti I.I. Xafizov so‘zga chiqib, Vanihoyat pedagoglar uzoq kutayotgan qonun imzolanganligi xaqda fikr yuritib utdilar. Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-fevral kuni “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi. Mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs pedagogdir. Va shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadiganligini aytib o‘tdilar:
1.pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
2. pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
3.pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.
4. pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini baholashga ta’sir ko‘rsatish;
5. pedagogni hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
6. pedagogdan aholining soliqlar, kommunal to‘lovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni va ma’lumotlarni talab qilish.
Pedagogni siyosiy va ijtimoiy axamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarga (saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etishga, test sinovlarida auditoriya nazoratchisi vazifasini bajarish, aholini ro‘yxatga olish ishlarida ko‘maklashishga, ta’lim tashkilotlarini tekshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etishga va boshqalarga) jalb qilish uning roziligiga ko‘ra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga, ishdan bo‘sh vaqtida yoki ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshiriladi.
Pedagog o‘zining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan taqdirda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, pedagog ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmagan holda sudga bevosita murojaat qilishga hakli.
Pedagoglarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli tarzda qabul qilinadi.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.
Masala bo‘yicha kafedra mudiri I.I.Xafizov O‘RQ-901-sonli Qonuniga tegishli 21- moddalari bilan kafedra professor-o‘qituvchilariga tanishtirib o‘tdilar:
1-modda. Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik
2-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
3-modda. Pedagogning maqomi
4-modda. Murabbiylik
5-modda. Pedagogning kasbiy faoliyati amalga oshirilishini ta’minlash
6-modda. Pedagogning huquqlari
7-modda. Pedagogning majburiyatlari
8-modda. Pedagogik etika qoidalari
9-modda. Pedagoglarni tayyorlash
10-modda. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
11-modda. Pedagoglarning attestatsiyasi va malaka toifalari
12-modda. Pedagogning mehnatiga haq to‘lash
13-modda. Pedagoglarni rag‘batlantirish
14-modda. Pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish
15-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga oid cheklovlar
16-modda. Nizolarni hal etish
17-modda. Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish
19-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Toshkent sh., 2024-yil 1-fevral, Ushbu Qonuni rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Qaror qilindi:
1- masaladagi O‘RQ-901-son qonuni muxokamasi, professor-o‘qituvchilariga tanishtirilsin, tasdiqlansin va institut kengash muhokamasiga topshirilsin.
Yig‘ilish raisi I.I. Xafizov
Kotiba Z.B. Baxranova
|