Energiya va ish




Download 25,26 Kb.
Sana16.12.2023
Hajmi25,26 Kb.
#120163
Bog'liq
3 Y Kuchning potensial maydoni. Konservativ va nokonservativ kuchlar.


Kuchning potensial maydoni. Konservativ va nokonservativ kuchlar.

Tayyorladi: C802 23 Barotov Otajon


Reja:
1. Ish va energiya
2. Molekulalararo ta’sir kuchlari va potentsial energiyasi. Van-der-Vaalьs tenglamasi
3. Elektrostatik maydon uchun Gauss teoremasi va uning sodda elektr maydonlarni xisoblashga tadbiqlari.
4. Termoelektronemissiya.
5.Yorug’lik kuchi birligi etalonini amalga oshirish.
Ish
1) umumiy maʼnoda — muayyan narsani yasash, tayyorlash yoki biror yumushni bajarish uchun sarf qilinadigan mehnat, faoliyat; I.ning turlari ko’p: aqliy mehnat, jismoniy mehnat, ilmiy I., amaliy I., nazariy I. va h. k. U topshiriq, vazifa maʼnolarida ham qo’llanadi (mas, uy vazifa-si, yozma I. va h. k.). Mehnat, faoliyat natijasida yaratilgan mahsulot, nar-sa ham I., deb ataladi; 2) sud va maʼ-muriy organlarda ko’rilayotgan jarayon (mas, jinoiy I., janjalli I. va b.); 3) fizikada — energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fizik kattalik; 4) mexanikada — kuchning taʼsir o’lchovi; u kuchning katta-kichikligiga, yo’nalishiga va kuch qo’yilgan nuqtaning qancha siljiganligiga bog’liq. Moddiy nuqtaga taʼsir etadigan kuchning bajargan ishi kuch G’ proyeksiyasining o’tilgan yo’l S ga ko’paytmasi bilan o’lchanadi, yaʼni A = G’ S cos f, bunda S= M[IMI nuqtaning Mo dan M, ga siljish yo’li, a — kuch yo’nalishi bilan yo’l orasidagi burchak (rasmga q.). Umuman, coscp noldan katta (cos f > 0) yoki kichik (cos f < 0) bo’lishiga qarab, bajarilgan ish mus-bat yoki manfiy bo’ladi.
Moddiy nuq-taga bir vaqtning o’zida bir nechta kuch taʼsir etayotgan bo’lsa, bajarilgan ish kuchlarning teng taʼsir etuvchisi bajargan ishga teng bo’ladi.
Nyutonning harakat tenglamasiga asosan moddiy nuqtaga taʼsir etuvchi hamma kuchlarning bajargan umumiy ishi kinetik energiya o’zgarishiga teng: l _ tx? _ mvo l ~ 2 2 ‘ bunda: v, i0 — moddiy nuqtaning boshlang’ich va oxirgi tezliklari. Mexanik I. bajarilishi natijasida kinetik energiya, u bilan bog’liq holda esa harakatning mexanik shakli ham o’zgaradi. Fizik jarayonlarda energiya o’zgarishining miqdoriy ko’rsatkichining o’zi jarayonning turiga bog’liq. Agar sistema energiya bersa, sistemaning I.i musbat (ijobiy), agar energiya olsa, manfiy (salbiy) bo’ladi. "I." tushunchasi fizika va texnikaning boshqa sohalarida ham qo’llaniladi. 5) termodinamikada — termodinamik sistema holati o’zgarganda tashqi muhitga uzatilgan yoki sistema qabul qilgan energiya. Termodinamik sistema tashqi muhit bilan taʼsirlashgandagina I.ni miqdor jihatdan ifodalash mumkin. Bajarilgan I. kattaligi jismning termodinamik muvozanatda bo’lish-bo’lmasligiga bog’liq. Mexanik I.ning umumlashtirilgan ifodasidan termo-dinamikada ham foydalaniladi. I.ning o’lchov birliklari SGS tizimida erg, SI tizimida Joul (J), texnik ti-zimda — kilogrammometr (KG m).
ISH O’Z NAVBATIDA 3 GA BO’LINADI
a. Dinamika
b. Impuls
d. Kilogramm-kuch-metr
a; Dinamika (yun. dynamis — kuch) — mexanikannng jismlar mexanik harakatini ularga taʼsir qiladigan kuchlar bilan bog’lab o’rganadigan bo’limi. D.da statikaning murakkab kuchlar sistemasini sodda holga keltirish qonuniyatlaridan va kinematikadagi harakatni ifodalash usullaridan keng foydalaniladi. D.ning bevosita vazifasi berilgan (qo’yilgan) kuchlar bo’yicha harakatni aniqlash, agar harakat maʼlum bo’lsa, jismga qo’yilgan kuchlarni topishdan iborat. Odatda, D. deganda yoruglik tezligidan ancha kichik tezlikda harakatlanayotgan har qanday moddiy jismning harakatini o’rganadigan anʼanaviy (klassik) D. tushuniladi.
O’rganiladigan obʼyektning xossalariga qarab:
1) moddiy nuqta va moddiy nuqtalar sistemasi D.si;
2) qattiq jism D.si;
3) uzgaruvchan massali jism D.si;
4) elastik yoki plastik deformatsiyalanadigan jism D.si;
5) suyuqlik va gaz D.si (mas, gidrodinamika, aerodinamika, gaz dinamikasi) buladi. D.da avval moddiy nuqtaning harakat qonunlari aniqlanadi, so’ngra moddiy nuqtalar sistemasi uchun bu qonunlar umumlashtiriladi, massa jismlarning moddiy ifodasi sifatida qaraladi.
D. asosini Nyutonning mexanika qonunlari tashkil qiladi.
D.da ikkita birliklar sistemasi ishlatiladi:
1) fizik sistema [uzunlik birligi (1 metr), vaqt birligi (1 sekund), massa birligi (1 kilogramm-massa) olinadi];
2) texnik sistema [uzunlik, vaqt birligi va kuch birligi (1 kilogramm-kuch)]. D.da moddiy nuqtalar va sistemalarning harakati
Nyutonning qonunlari asosida tuzilgan differensial tenglamalar asosida aniklanadi. D.da moddiy nuqta tebranma harakatini tekshirish uchun differensial tenglamalardan foydalaniladi va harakat qonunlari keltirib chiqariladi. Bundan tashqari dinamikada harakatni tekshirish uchun nisbatan soddalashtirilgan uch xil usul ham keltiriladi. Bular D.ning umumiy teoremalari degan nom bilan kiritilgan.
Amalda D.ning quyidagi umumiy teoremalari juda keng tatbiq qilinadi: 1) sistema harakat miqdorining o’zgarishi haqidagi teorema: sistema harakat miqdori differensiali tashqi kuchlar elementar impulslarining geometrik yigindisiga teng .
Bu teorema suyukliklar harakatini tekshirishda, zarba nazariyasida, reaktiv harakatlar nazariyasida keng tatbiq qilinadi;


Download 25,26 Kb.




Download 25,26 Kb.