1
ENERGIYANING SAQLANISH QONUNI
Sultonov Azizbek Baxtiyor oʻgʻli
Fargʻona viloyati Rishton tumani 2-son kasb hunar maktabi fizika fani oʻqituvchisi
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada energiyaning saqlanish va aylanish qonuni
ochib berilish bilan birga, bu xususidagi ma'lumotlarga to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: oʻzgaruvchan, kimyoviy, energiyaning barcha turlari yigʻindisi,
aylanish qonuni, LE energiya
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni — tabiatning eng muhim asosiy
qonuniyatlaridan biri; unga koʻra, har qanday berk tizimda energiya yoʻqdan bor
boʻlmaydi va yoʻqolib ketmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi. Berk
tizimda faqat konservativ (oʻzgarmas) kuchlar mavjud boʻlsa, tizimning toʻliq mexanik
energiyasi oʻzgarmas qiymatga ega boʻlib qoladi, yaʼni kinetik energiya potensial
energiyaga aylanib turadi va aksincha. Agar berk tizimda
konservativ kuchlardan
tashqari nokonservativ (oʻzgaruvchan) kuchlar (mas, ishqalanish kuchlari) ham boʻlsa,
tizimning toʻliq mexanik energiyasi vaqt oʻtishi bilan kamayib boradi. Natijada
nomexanik energiyalar: issiqlik yoki kimyoviy, elektromagnit maydon energiyalari va
boshqalar vaqt oʻtishi bilan ortib boradi. Ammo energiyaning barcha turlari yigʻindisi
vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydi. Tizimda sodir boʻlayotgan jarayonlarning tabiatiga
qarab, Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni va a. q. turlicha ifodalanadi va
matematik shaklda yoziladi. Klassik fizikada moddaning
saqlanish qonuni tinch
holatdagi massaning saqlanishini ifodalaydi. Holbuki, tinch holatdagi massa
saqlanmasligi mumkin, chunonchi, shunday holda annigilyatsiya hodisasida roʻy
beradi. (4) formuladan tinch holatda turgan jismga turli usullar bilan berilgan LE
energiya jism massasining At ga ortishiga sabab boʻlishini koʻrsatadi.
Barcha moddiy hodisalar uchun, ularning tabiati va xarakteridan, katta kichikligi,
masshtabidan qatʼi nazar, E.s va a. q. eng asosiy qonunlardandir. Fan sohasidagi yangi
gʻoyalar va faktlarda baʼzan E.s va a.q.ni inkor etuvchi ayrim fikrlar uchrab turgan.
Chunonchi, radioaktivlik yoki yemirilish hodisalari E.s va a.q.ga qarshi kechadi degan
fikrlar ham boʻlgan, ammo yuqoridagi radiaktivlik yoki yarim yemirilish materiyaning
saqlanish qonuniga bo'ysunadi (o'sha
materiya ham aslida energiya, faqat boshqa
ko'rinishi). Lekin masalani tegishli ravishda nazariy va eksperimental tahlil qilish
natijasida Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni va a.q. haqiqatan toʻgʻri va
universal qonun ekanligi aniqlandi. Elementar zarralar,
galaktikalar va
metagalaktikalar dunyosida roʻy beruvchi hodisalarni oʻrganishda Energiyaning
saqlanish va aylanish qonuni va a.q. bilan bogʻliq ziddiyatlar va muammolar hozirgi
zamon fizikasida har tomonlama tekshirilmoqda.
E.s va a.q.dan tashqari impulsning saqlanish qonuni, impuls momentining
saqlanish qonuni va elektr zaryadning saqlanish qonuni, h. k. kattaliklarning saqlanish
2
qonunlari bor. Ularning har biri qandaydir simmetriya xususiyati bilan bogʻlangan.
Jumladan, Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni va a.q.
vaqt simmetriyasi,
vaqtning bir jinsliligi xususiyati bilan bogʻlangan.Asosiy kontent Energiyaning
saqlanish qonuni nima ekanini va u qanday qilib masalalarni yechishni
osonlashtirishini oʻrganamiz.
Energiyaning saqlanish qonuni deb nimaga aytiladi?
Fizikada saqlanish atamasi vaqt oʻtishi bilan qiymati oʻzgarmaydigan fizik
kattalikka nisbatan qoʻllanadi. Biron-bir fizik hodisa sodir boʻlishidan oldin va keyin
ham saqlanuvchi fizik kattalikning qiymati oʻzgarmaydi.
Fizikada saqlanuvchi kattaliklar koʻp. Ular koʻpincha
juda murakkab fizik
hodisani oldindan ayta bilish uchun foydalidir. Mexanikada uchta fundamental
saqlanuvchi kattalik mavjud: energiya, impuls va impuls momenti.
Boshqa boʻlimlardagi misollarni koʻrgan boʻlsangiz (masalan, filning kinetik
energiyasi), energiya saqlanuvchi kattalik ekani sizni hayron qoldirishi mumkin. Biroq
energiya toʻqnashuvlar mobaynida oʻzgaradi. Demak, biz taʼrifga bir qancha muhim
qoʻshimchalarni kiritishimiz kerak ekan:
•
Biz mavzu davomida ishlatadigan energiya soʻzi sistemaning toʻla
energiyasiga nisbatan ishlatiladi. Jismlar harakatlanganda vaqt oʻtishi bilan ularning
kinetik, potensial, issiqlik kabi energiyalari oʻzgarishi mumkin,
lekin energiya
saqlangan boʻlsa, toʻla energiyaning qiymati oʻzgarmaydi.
•
Energiyaning saqlanish qonuni faqatgina yopiq sistemada oʻrinli. Notekis
polda yumalayotgan koptok uchun energiyaning saqlanish qonunini qoʻllab boʻlmaydi.
Chunki koptok poldan izolyatsiyalanmagan va poldagi ishqalanish kuchi koptokni
toʻxtatish uchun ish bajaradi. Lekin koptok va polni birgalikda bir sistema deb qarasak,
energiyaning saqlanish qonuni oʻrinli boʻladi. Buni odatda koptok-pol sistemasi deb
ataymiz.
Jismlarning harakatini energiyaning saqlanish qonuni bilan qanday
ifodalashimiz mumkin?
Sistemamizda energiya saqlanib qolsa, tenglama tuzib energiyalar yigʻindisiga
tenglashtirishimiz mumkin. Keyin tenglamalarni yechib tezlik, masofa yoki boshqa bir
energiyaning oʻzgarishiga olib keladigan parametrni topish mumkin . Yechimni topish
uchun yetarlicha parametrlarni bilmasak, tegishli parametrlar
bilan grafik chizib
yechimni qanday topishni koʻrish mumkin.