|
Izoh: O’tgan zamonda boshlanib hozirgacha davom etib kelyotgan ish-harakatlar ikki hil bo’ladi: uzluksiz yoki an’anaviy
|
bet | 2/4 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 31,29 Kb. | | #138193 |
Bog'liq Present va Past Perfect ContinuousIzoh: O’tgan zamonda boshlanib hozirgacha davom etib kelyotgan ish-harakatlar ikki hil bo’ladi: uzluksiz yoki an’anaviy
Uzliksiz: ish-harakat o’tgan zamondan to hozirga qadar hech bir uzulishsiz davom etib kelayotgan bo’lishi mumkin. Masalan: I have been doing my homework since 5 o’clock – Men uyga vazifamni soat 5 dan beri bajarayapman (Ish-harakat hozir ham bajarilayapti va u boshlangandan to hozirga qadar bajarilishdan bir daqiqa ham to’xtatilmagan).
An’anaviy: oraliq uzulishlar bo’lgan bo’lsa ham, an’anaviy tarzda bajarilib kelinayotgan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Masalan: My uncle has been smoking for 7 years – Mening amakim 7 yildan beri chekadi (Bu degani, amakim 7 yil davomida chekmagan bo’lgan vaqtlari bor, masalan, u kishi dush qabul qilayotganda, ovqatlanayotganda yoki uxlayotganda sigaret chekmasdi, ammo shunga qaramasdan bu ish-harakat, ya’ni chekish a’nanaviy tarzda hozirga qadar uzluksiz davom etib kelayapti).
O’tgan zamonda bajarib tugatilib, natijasi hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakatlar uchun. Bunday ish harakatga vaqtincha davom etib turadigan, ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin izsiz yo’qolib ketadigan natijani keltirib chiqargan ish-harakatlar misol bo’la oladi. Buni tushunib olish uchun va’qtincha davom etib turadigan natijalarni tasavvur qilaylik. Ish-harakatning qanday natijasi vaqtincha davom etib turishi mumkin? Quyidagi misollarga e’tibor bering:
He’s out of breath. He has been running – U tez-tez nafas olayapti. U yugurgan (Uning yugurganligi natijasi hozir ko’z o’ngimizda ko’rinib turibdi, ammo bu natija doimiy emas, u bir oz vaqt o’tirib, dam olsa bu natija, ya’ni uning tez-tez nafas olayotganlik holati butkul yo’qolib ketadi).
There’s water on the ground. It has been raining – Yerda suv bor. Yomg’ir yog’ibdi (Yerdagi suv, yomg’ir yog’ib o’tib ketganligining natijasi. Ammo bu doimiy natija emas, balki quyosh chiqib turganda bir oz vaqtdan so’ng yerdagi suv batamom qurib, yo’q bo’lib ketadi).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Izoh: O’tgan zamonda boshlanib hozirgacha davom etib kelyotgan ish-harakatlar ikki hil bo’ladi: uzluksiz yoki an’anaviy
|