• Bozorning raqobatchilik haritasi
  • Gorizontal diversifikatsiya
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet155/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

    Bozorni
    segmentlash
    - bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki marketing 
    kompleksi talab qilinishi mumkin bo‘lgan xaridorlarning aniq guruhlariga bo‘lish, 
    taqsimlash. 
    Bozorni tadqiq etish
    - 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini 
    (ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potensial 
    iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni 
    ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori, 
    kapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar bozorini qamrab oladi; 2) bozori 
    sig‘imi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx tavsifnomalari to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili. 
    Bozorning raqobatchilik haritasi
    - 1) raqobatchilarini bozorda egallab 
    to‘rgan o‘rniga ko‘ra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining o‘rnini nazorat qilish 


    288 
    imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida 
    raqobatchilarning o‘rnini tahlil qilish natijasida aniqlanadi. 
    Brending
    - marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning 
    elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o‘ziga xos 
    imijini yaratish sohasi 
    Gorizontal
    diversifikatsiya
    - firma assortimentini ayni paytda ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini 
    uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish. 
    Demping
    - tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z 
    tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida milliy ishlab 
    chiqaruvchilar foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan 
    raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’qiqlovchi 
    antidemping qonunlar amal qiladi. 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish