287
ATAMALAR LUG‘ATI
Axborot
- 1) ishlarning ahvoli haqida xabardor qilish; 2) tadbirkor-lik,
marketing va boshqa faoliyat turlari oldida to‘rgan vazifalarni bajarishda yordam
berishi mumkin bo‘lgan turli xil bilim va ma’lumotlar; 3) marketing tizimi
sub’ektlarining o‘zaro munosabatlar jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari
tavsifnomasi; 4) turli xil energiyalarning o‘zaro aloqalari natijasi.
Bozor
- 1) talab va taklif uchrashadigan joy, bu erda ishlab chiqarilgan
mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi aniqlanadi,
mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi;
2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar
guruhi; 4) mazkur tovarning barcha xaridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi; 6)
tovar va xizmatlarni olish manbai; 7) qandaydir mahsulot yoki xizmatlarning virtual
yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potensial xaridorlari va sotuvchilari majmui; 8)
birja.
Bozor
segmenti
- taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing
kompleksiga bir xilda munosabatda bo‘luvchi iste’molchilar guruhi majmui.