–rasm. Xolistik marketing konsepsiyasining tuzilishi6




Download 0,65 Mb.
bet23/155
Sana14.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#137061
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   155
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

–rasm. Xolistik marketing konsepsiyasining tuzilishi6

Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, o‘zaro munosabatlar marketingi – bozorning tayanch hamkor kompaniyalari (xaridorlar, ta’minotchilar, distribyutorlar va boshqalar) bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish maqsadidagi amaliyot jarayonidir. O‘zaro munosabatlar marketingi hamkorlar bilan tor doiradagi iqtisodiy, texnik va ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishga yo‘naltirilgandir. Bu hamkor guruhlari bilan zarur bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Jami uchta hamkor guruhi: ishchilar, marketing hamkorlari (taqsimot kanallari, ta’minotchilar, dilerlar) va moliyaviy hamjamiyatlar (aksionerlar, investorlar, tahlilchilar) mavjud. Bu marketing turida asosiy tamoyil oddiy: bir–biriga qiziquvchi tayanch qiziquvchi guruhlarning foydali munosabatlar tizimini yaratish – bu biznes muvaffaqiyatini kafolatlaydi.



Munosabatlar marketingining tarkibiy o‘qini «mijoz bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish» (yoki Customer Relationship Management) tushunchasi ifodalaydi. CRM – axborot texnologiyalaridan faol foydalaniladigan marketing strategiyasi bo‘lib, keng ma’lumotlar to‘plami yaratish va qo‘llashni o‘z ichiga oladi

6 Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон.
hamda kompaniyalarga shaxsiy yondoshuvga asoslangan o‘zaro manfaatli munosabatlar yaratish maqsadida mijozlar haqida axborot to‘plash va qayta ishlashga imkon beradi. CRM yondashuvi ommaviyligining o‘sishi 1990 yillar oxirida internet texnologiyalari paydo bo‘lishi bilan ta’minlangan. Xolistik marketingda, munosabatlar marketingining maqsadi – korxona va mijoz uchun o‘zaro manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Tahlil, mijozning (korxona, xaridor, iste’molchi) individuallashuviga yo‘naltiriladi hamda ishonchli mijozlar va ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. Keyingi maqsad esa ushbu mijoz uchun tovar va xizmatlarni to‘g‘ri tanlashdan iborat. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, one-to-one marketing (yoki munosabatlar marketingi) maqsadi – har bir mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish, rivojlantirish va aynan unga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bunda mijozni ehtiyojini qondirish uchun axborot texnologiyalari va ma’lumotlar to‘plamlaridan foydalaniladi.
Integratsiyalashgan marketingda faol bozor sub’ektining vazifasi – iste’molchilar uchun to‘liq integratsiyalashgan marketing dasturini tuzish, siljitish va qadriyatlarni ko‘rsata bilishni hamda marketing chora–tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Kompaniyalarda talabni boshqarish, resurslarni boshqarish va sherik hamkorlar tarmoqlarini boshqarish tizimi integratsiyalashgan bo‘lishi lozim.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida yana bir tarkibiy qismi bo‘lgan ichki marketing turida tashkilotning barcha xodimlari, eng muhimi uning rahbariyati tomonidan kompaniyada marketing tamoyillarini tatbiq etishni ta’minlash muhim bo‘lib hisoblanadi. Agar korxona ishchilari uni ta’minlashga tayyor bo‘lmasa, ularga a’lo darajagi xizmat ko‘rsatishni va’da berishning ma’nosi yo‘qdir. Ichki marketingda faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda mijozlarga ta’sir ko‘rsatishi zarur bo‘ladi.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy javobgar marketingda ekologiya, ahloqiy, huquqiy va ijtimoiy mazmundagi marketing chora–tadbirlari va dasturlari inobatga olinadi. Ijtimoiy javobgar marketing konsepsiyasi, marketing amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olishni talab etadi. Bu o‘rinda
marketologlar korxonaning foyda olishini, iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishni va jamiyat qiziqishlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liklikni topishi zarur bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy marketing iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida ayirboshlashga ijobiy ta’sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarini o‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy marketingdan oldin ijtimoiy-axloqiy marketingi mavjud bo‘lgan bo‘lib, uning uchun birlamchi vazifa uzoq muddatli istiqbolda iste’molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun foyda topishdan iborat bo‘lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamoatchilik marketingi va ekologiya marketingi bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa sifatida, korxonalar faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi:
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, korxonalar faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi7:
  • firmaning rahbariyati tomonidan marketing tamoyillarini tatbiq etishda faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda mijozlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi;


  • integratsiyalashgan marketingda iste’molchilar uchun marketing dasturi ishlab chiqiladi, shuningdek kompaniya ichida va tashqarisida marketologlar hamkorlar bilan o‘zaro sherikchilik asosida harakat qilishi zarur bo‘lib hisoblanadi;


  • ijtimoiy marketingda iste’molchilar tovar sotib olishga va foyda olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarni o‘z ichiga oluvchi marketing faoliyatini rivojlantirishga e’tibor qaratadi;


  • mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar marketingida tahlil ishonchli mijozlar bilan ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. Hozirda asosiy o‘zgarishlar mijozlar bilan munosabatlarda kuzatilmoqda.


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda iqtisodiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda marketing innovatsiyalarini tatbiq



7 Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 76-79 бетлар.
etish, ayniqsa marketingda xolistik marketing konsepsiyalaridan samarali foylanish mijozlar uchun o‘zaro manfaatli, foyda hajmini ko‘paytirishga olib keladigan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyatga egadir.


    1. Download 0,65 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   155




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



–rasm. Xolistik marketing konsepsiyasining tuzilishi6

Download 0,65 Mb.