Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari




Download 0,65 Mb.
bet69/155
Sana14.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#137061
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

BOB. TOVAR SIYOSATI




    1. Tovarehtiyojni qondirish vositasidir

Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Bular fizik ob’ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi mumkin.

Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir.
Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish) davrida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi.
Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga olgan holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib, AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan.
Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi.
Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi (dizayni), marka nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir.
Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste’molchiga qo‘shimcha xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, ya’ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va boshqa xususiyatlarni qo‘shib to‘liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar.
Tovarning uch darajali klassik modeli 9.1-rasmda keltirilmoqda.
Tovar assortimenti – bu ishlatilish tamoyillari bo‘yicha bir – biriga o‘xshash, maqsadli auditoriyalari, siljitish uslublari hamda narx diapazoniga tegishli o‘xshash tovarlar yoki xizmatlar guruhidir.
Tovar nomenklaturasi – bu korxonaning barcha tovar assortimentlari va jihozlari yig‘indisidir.



Download 0,65 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari

Download 0,65 Mb.