• 8.2-rasm. Xaridorlarga qarab bozorni segmentasiyalash mezonlari
  • Bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillari




    Download 0,65 Mb.
    bet65/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    Bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillari

    Bozor segmentasiyasining tamoyillari quyidagilardir:



      • Geografik tamoyil;


      • Ijtimoiy – iqtisodiy;


      • Psixografik tamoyil;


      • Demografik tamoyil;


      • Xulq-atvor tamoyili;


      • Xolat tamoyili.


    Quyidagi – rasmda xaridorlarga farab bozorni segmentasiyalash mezonlari keltirilmoqda.





    Geografik:
    • hudud

    • shaxar

    • qishloq

    • iqlim va

    boshqalar


    Ijtimoiy-iqtisodiy:
    • daromad

    • ma’lumoti

    • mutaxassisligi va boshqalar




    Psixografik:

    boshqalar







    Holat:
      • kam xarajatliligi (foydaliligi)


      • imtiyozliligi


      • qulayligi va boshqalar




    Xulq-atvori:
    • firmaga nisbatan ishonchi


    • prestij darajasi


    • tovarga nisbatan ixlosi


    • tez-tez iste’mol qilinishi


    va boshqalar





    8.2-rasm. Xaridorlarga qarab bozorni segmentasiyalash mezonlari

    Geografik tamoyil orqali bozorni joylashuvi, aholining soni va zichligi, tijorat faoliyatining tuzilishi, hududni rivojlanish dinamikasi, inflyasiya darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi.

    Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi kabi hisobga olinib, turmush - tarzi shaxsning o‘z faoliyatida, qiziqishlarida, qat’iyatida va e’tiqodlarida o‘z aksini topadi. SHaxsning turi esa, hayotdan mamnun, melanxolik, o‘zgalardek ish kuruvchi, o‘zbilarmon va boshqa hislatlarda bo‘lishi mumkin.
    Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik davri bosqichi, millati kabilar inobatga olinadi hamda bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
    Ijtimoiy – iqtisodiy tamoyillarda daromadlilik darajasi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, mutaxassisligi va boshqalar hisobga olinadi.

    Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‘l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol jadalligi, bog‘lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo‘lgan munosabati hisobga olinadi.


    Holat tamoyilida tovarning foydaliligi, imtiyozlari, qulayligi va boshqalar inobatga olinadi.


      1. Download 0,65 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillari

    Download 0,65 Mb.