|
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari
|
bet | 73/155 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #137061 |
Bog'liq Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)
Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan bog‘liqdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash
davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishni tashkil etishi lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni o‘z vaqtida amalga oshirish kerak.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar miksni jalb etuvchanligini yaxshilash bo‘yicha 3 ta strategik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
Tovar innovatsiyasi
Tovar variatsiyasi
Tovar eliminatsiyasi.
9.2-rasm. Firmaning tovar strategiyasi16
Variatsiya deganda birinchi navbatda tovarning tashqi shakli va stili, uning o‘rovi va tovar markasini o‘zgartirishni, tovar holatining emas, balki mavjud tovar shakli va texnik jihozlanishning o‘zgarishini tavsiflar texnik eksplatatsion xususiyatlarini o‘zgartirishni tushunadi.
Modifikatsiya tovar sifatini yaxshilanishidan tashqari, uning funksional tavsifnomalarini takomillashtirishni nazarda tutadi, bu esa tovarni differensiatsiyasiga, ya’ni uning innovatsiyasiga mansubdir.
16 Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. Darslik. -T.: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2014. - 240b.
Tovar eliminatsiyasi – samarali tovar siyosati korxonaning tovar nomenklaturasi va ishlab chiqarish dasturini doimiy ravishda nazorat qilish va tartibga solib borishni nazarda tutadi.
Tovar eliminatsiyasi strategiyasining vazifasi – bozorda jozibadorlik nuqtai nazaridan shubhali va qayta tekshiruvdan o‘tishi lozim bo‘lgan tovarlarni aniqlashdan iborat.
Tovar variatsiyasi – ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li bilan modifikatsiyalash.
Variatsiya – bozorda mavjud bo‘lgan tovarlarni zamonaviylashtirish.
Eliminatsiya – ishlab chiqarish dasturidan bironta tovarni ishlab chiqarishni chiqarib tashlash.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq etish dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi.
Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo‘yicha yangi g‘oyani olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi.
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda tutadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo‘linadi.
Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag‘batlantirish orqali amalga oshiriladi.
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi.
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to‘liq ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va qo‘llash ko‘zlanadi.
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi ishlatiladi.
|
| |