|
Bozor segmentasiyasining xususiyatlari
|
bet | 62/155 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #137061 |
Bog'liq Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)
Bozorni segmentlash, bozorni o‘rganishning asosiy usulidir. U yordamida bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo‘linadi. Bozor segmenti - bu iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki, ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to‘g‘ri segmentlash, shu segmentning maxsus ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan holda, kam xarajatlar bilan tovar etkazib berishni to‘g‘ri tashkil qilishdan iboratdir. Xalq iste’moli tovarlari bozorini tadqiq etishda marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. Birinchisi xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning hayotiylik davri, kasbi, turmush tarzi va shunga o‘xshash umumiy belgilarni hisobga oladi. Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlarning kadriyatlari tizimi
yoki ularning marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish tizimi kabi vositalariga ko‘rsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. Amaliyotda birinchi usul ko‘proq qo‘llaniladi, ikkinchi usulni qo‘llash qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sotsiologiya va psixologiya sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo‘li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda daromad bo‘yicha uch guruhga segmentlashdan keng foydalaniladi.
Birinchi guruh, eng yuqori daromadga ega bo‘lgan xaridorlar, amalda ular jami xaridorlarning 10 % ini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid etadilar, xarid quvvati hamda o‘z guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruhlar har bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori shu mamlakatning umumiy boyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ikkinchi guruh - har bir mamlakatdagi o‘rtacha daromad egalaridir, ularning soni juda ko‘p, garchi bu guruh ichida yana o‘ziga xos tabaqalanish bo‘lsada, umuman olganda shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan, yalpi tovarlarning asosiy xaridorlari shular hisoblanadi.
|
| |