Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari




Download 0,65 Mb.
bet60/155
Sana14.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#137061
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   155
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari

Umuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo‘lajak holatini, ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.

Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart: 1.Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda
ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish.

  1. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi.


  2. Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo‘lishi.


  3. Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi.


  4. Bozor kon’yunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llaniladi.


Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo‘likmaslik, muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.


Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‘lishimiz mumkin.
  1. Faktografik uslublar. Bu prognoz qilishning shunday uslubiki, unda o‘tgan davrda bo‘lib o‘tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu ma’lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilishning faktografik uslublari o‘z navbatida 3 turga bo‘linadi. Birinchi turi ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu turdagi


modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlang‘ich axborotdan foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo‘lib, ular ikki va undan ortiq o‘zgaruvchan prognoz qilish ob’ektlarining o‘zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob’ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o‘xshash ob’ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha tadqiq qilishga asoslanadi.


  1. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Prognoz qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o‘z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amalda prognoz qilish ob’ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o‘zgarishni baholashga asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga prognoz qilish ob’ektini tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi.


Bozor kon’yunkturasini prognoz qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo‘llaniladi.


  1. Ekstropolyasiya uslubi. Ekstropolyasiya uslublari bozor kon’yunkturasining turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini prognoz qilishda qo‘llaniladi. Ekstropolyasiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya’ni bu holda ekstropolyasiya prognoz qilish amalga oshirilayotgan ob’ektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi.


Ekstropolyasiyaning bozor tadqiqotlarida qo‘llaniladigan asosiy modellaridan biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o‘zgarishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.


  1. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon’yunkturasining turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor kon’yunkturasini prognoz qilishda keng qo‘llaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi va


boshqa jarayonlar o‘zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda prognoz qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyasion va regression modellashdir.


Bozor kon’yunkturasini tahlil va prognoz qilish natijalari firmaning biznes - reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qo‘llaniladi.


Download 0,65 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   155




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari

Download 0,65 Mb.