Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda baholash uslublari
Kon’yunktura tahlili o‘z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining o‘rnini egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning o‘zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o‘rganishni oladi. Bozor konyu’nkturasini muntazam ravishda o‘rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko‘paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki bo‘zilganligi bilan xarakterlanadi. SHunga ko‘ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo‘lishi mumkin.
Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog‘liqdir, narx- navoga, modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy
ahvoli, unga sarflangan qo‘shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o‘rganiladi.
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo‘nalishiga qarab, shuningdek aholi xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini hisobga olib talab o‘rganiladi.
Uzoq muddatli o‘sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir -biri bilan bog‘liq va u bir-birini to‘ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to‘plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo‘linadi:
-o‘tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Kon’yunkturani tahlil qilish shakli bo‘lib, kon’yunktura sharhi bo‘lib hisoblanadi.
Kon’yunkturani tahlil qilish savollariga o‘tishdan avval kon’yunkturani ko‘rsatkichlar tizimini ko‘rib chiqish darkor.
Ko‘rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Makroqo‘rsatkichlarga - umumxo‘jalik kon’yunkturasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, tovar aylanma ko‘rsatkichlari, pul muomalasi ko‘rsatkichlari, iste’mol ko‘rsatkichlar kiradi. Mikroqo‘rsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va h.k.
Umumxo‘jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko‘ra ikkita yo‘l olib borish mumkin:
Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendensiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda kon’yunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi,
Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura holatini aniqlash masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash o‘zora bog‘liq va bir - birini to‘ldiradi.
Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik xyotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiklaydigan o‘zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik ma’lumotlarga endoshib emas,balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yig‘indisiga endashish kerak.Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharhi va ma’lumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi ulchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi,iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani o‘zgarishini aks ettiradi.
Ba’zi tarmoqlar,masalan kora metallurgiya,xavo va suv transporti,kurilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo‘yicha ishlaydilar.Boshqalar esa, ya’ni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki o‘z ishi natijasida ishlab chiqarish kon’yunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yo‘qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy siklning dinamikasidan rad etadi.
|