• BOB. TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH
  • Nazorat va mulohaza uchun savollar




    Download 0,65 Mb.
    bet56/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    Nazorat va mulohaza uchun savollar

    1. Strategik rejalashtirishning maqsadi nimadan iborat?


    2. Strategik rejalashtirishda korxona dasturini maqsadi nimadan iborat?


    3. Korxonani o‘sish strategiyasi qaysi yo‘nalishda amalga oshiriladi va uni qanday bosqichlari mavjud?


    4. Divesifikatsion o‘sish deganda nimani tushunasiz? 5.Korxonani taktik rejasini maqsadi va roli nimadan iborat? 6.Marketing nazorati nima va uni qanday turlarini bilasiz?


    1. Intensiv o‘sish deganda nimani tushunasiz?


    2. Integratsion o‘sish mazmunini tushuntirib bering?


    3. Marketing dasturi deganda nimani tushunasiz?


    4. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi nimadan iborat?


    5. Marketing rejasini asosiy bo‘limlarini mazmuni nimadan iborat?


    6. Marketing dasturini qanday turlarini bilasiz?


    7. Maqsadli dastur deganda nimani tushunasiz?


    8. Boston - konsalting guruhi matritsasini mazmunini izohlab bering.


    9. Marketing dasturini kommunikatsiya siyosati bo‘limida nimalarga e’tibor qaratilgan?


    10. Marketing rejasi va marketing dasturi o‘rtasidagi farq nimadan iborat?


      1. BOB. TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH




        1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar

    Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. Aniq to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyojning tovar ta’minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga bo‘linadi.

    Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi bo‘lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi.
    Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan qismi bo‘lib, u bozorda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yo‘qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi.
    Iste’mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi.
    Narxga bog‘liq bo‘lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga bo‘lgan narxlar kiradi.
    Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), bir – biriga o‘xshagan tovarlarning narxlari, iste’molchilarni hohish va istaklari kiradi.
    Talab hajmini narx darajasiga bog‘liqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi.
    Uning asosida uchta sabab yotadi:

    • Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi;


    • Narxning pasayishi iste’molchilarni to‘lov qobiliyatini kengayishiga olib keladi;


    • Bozorning to‘ldirilishi esa, qo‘shimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini pasayishiga sabab bo‘ladi.


    Talab hajmini narx darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishi talabning narx bo‘yicha elastikligi bilan tavsiflanadi, u esa talab miqdorini nisbiy o‘zgarishini(foizlarda ifodalanadi) narxning 1 foizga o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.


    Korxona o‘zining tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni, avvalo bozor talabini tadqiq etishdan boshlaydi.
    Bozor talabi – bu ma’lum guruhdagi xaridorlar tomonidan, ma’lum hududda, muayyan davrda, ma’lum marketing dasturiga ega bo‘lgan savdo korxonalari tomonidan sotib olinadigan, ma’lum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi.
    Bozor talabi natural, qiymat ko‘rsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda ifodalanishi mumkin.
    Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari bo‘yicha aniqlash mumkin.
    Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari quyidagi 7.1-rasmda keltirilmoqda.
    Bozor Korxona

    Talab

    Bozor talabi

    Korxona tovarlariga bo‘lgan talab


    Potensial


    Bozor sig‘imi


    Korxonaning potensial hajmi


    Prognoz

    Bozor prognozi

    Korxonaning sotuv prognozi




    Download 0,65 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat va mulohaza uchun savollar

    Download 0,65 Mb.