• Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha
  • -rasm. Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari




    Download 0,65 Mb.
    bet57/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    7.1-rasm. Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari

    Bozor talabini prognozi kelgusi yilga yoki besh yilgacha qilinishi mumkin.


    Prognoz qilinadigan davr qancha katta bo‘lsa, prognoz qilish shuncha qiyinlashadi.
    Bozor talabiga juda ko‘p tashqi omillar ta’sir etadi. Talabni prognoz qilishda demografik, geografik, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy – madaniy va boshqa omillarni ta’siri hisobga olinishi kerak. SHuningdek, bozor talabiga korxona tomonidan, uning marketing dasturi doirasida amalga oshiriladigan turli chora – tadbirlar ham ta’sir o‘tkazadi.
    Bozor sig‘imi – bu ma’lum bir vaqtda mavjud hajmdagi va tarkibdagi tovar taklifi shuningdek, u bilan bog‘liq bo‘lgan narx darajasi orqali yuzaga kelgan talab miqdoridir. U natural va qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi.
    Bozor sig‘imi yuzaga kelgan narx darajasida ma’lum davr mobaynida bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmini ifodalaydi hamda u quyidagicha aniqlanadi:
    Bs = T + I – E
    Bunda,
    Bs - bozor sig‘imi;
    T – bozorga taklif qilingan tovarlar yoki xizmatlarning umumiy hajmi; I – import hajmi;
    E – eksport hajmi.
    Ichki bozor sig‘imini hisoblashda boshqa bir qancha omillar ham hisobga olinadi, ya’ni to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talab, yil boshidagi tovar zahiralari qoldig‘i, tovarlar bozorining to‘yinganligi, o‘rtacha kishi boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmi, korxonalar ehtiyojlari.
      1. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha

    Kon’yunkturani o‘rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda kon’yunkturani o‘rganish 20 yillarda tashkil etildi.

    «Kon’yunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda ularning o‘zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‘indisi, o‘tar sharoit, predmetlarining joylashishidir.
    Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan taklif o‘rtasidagi nisbatdir.
    Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura xizmatlariga egadirlar, ular o‘zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy kon’yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o‘zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir ko‘rinishdir. Bu ko‘rsatilgan aniqlik o‘z ichida kon’yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
    Birinchidan, unda iqtisodiy kon’yunktura predmeti ko‘rsatilgan, ya’ni bozor, ayirboshlash sohasidagi kon’yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan bog‘laydi.
    Ikkinchidan, kon’yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste’mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‘z ichiga qamrab oladi.
    Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o‘sish davrlarida ko‘riladi.
    To‘rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari bilan bog‘liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va kon’yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o‘ziga xosdir.
    Beshinchidan, uning ko‘rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamikasining nisbatidir. Bir so‘z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Kon’yunktura tadqiqotining ikkita ob’ektiga ko‘ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura tushunchasidagi xo‘jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi.

    1. umumxo‘jalik kon’yunkturasi


    2. tovar bozori kon’yunkturasi.


    Umumxo‘jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining va ko‘plab o‘zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig‘indisi deb qarash mumkin. Tovar kon’yunkturasi umumxo‘jalik kon’yunkturasini tashkil etadi, umumxo‘jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqarida. SHuning uchun ham umumxo‘jalik kon’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab bo‘lmaydi. Tovar bozorlari kon’yunkturasini umumxo‘jalik kon’yunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud bo‘lmagan yangi sifatni beradi. SHunday qilib, uning butun qismi va bo‘g‘inlarining belgilari o‘zaro ta’sirchanligi va o‘zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini, umumxo‘jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi.


    Bozorni va avvalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‘ra, ishbilarmonlarga ularning xo‘jalik
    qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‘l kuymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, faqatgina ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan o‘zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o‘rganish bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan tahlil va prognoz qilishni amalga oshirishga qaratilgan.
    Tovar bozori o‘zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va iste’molchilar guruhi o‘rtasida iqtisodiyotchilar aloqalarining tizimini o‘zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy ko‘rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o‘zaro ta’sirga egadir va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi.


      1. Download 0,65 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari

    Download 0,65 Mb.