• 6.10-rasm. SWOT tahlil matritsasi
  • past 6.9-rasm. GE yoki “Djeneral - Elektrik” matritsasi




    Download 0,65 Mb.
    bet54/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)


    past
    6.9-rasm. GE yoki “Djeneral - Elektrik” matritsasi

    Firmaning biznes portfelida har bir mahsulotning joyi aniqlangandan so‘ng to‘rtta strategiyasidan biri tanlanadi.


    1. Ishlab chiqarishni kengaytirish (maqsadi – bozor ulushini o‘stirish).


    2. Saqlab qolish (maqsadi – bozor ulushini saqlab qolish).


    3. “Hosilni yig‘ib olish”(maqsadi – qisqa muddatli pul mablag‘larini kelib tushishini o‘stirish).


    4. Tugatish (maqsadi – sotish yoki mavjud resurslardan samarliroq foydalanish uchun biznesni tugatish).


    SWOT tahlil – marketing tahlilining oddiy va keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. SWOT tahlil quyidagicha tavsiflanadi:


    • S (STRENGTHS) – firmaning kuchli tomoni;


    • W (WEAKNESSES) – firmaning kuchsiz tomoni;


    • O (OPPORTUNITIES) – imkoniyatlari;


    • T (THREATS) – tazyiqlar.


    Birinchi ikkita omil kompaniyaga nisbatan ichki, qolgan ikkita – tashqi hisoblanadi. Odatda, SWOT tahlilning natijalari to‘rtta kvadratlik jadvalda ifodalanadi.


    Kuchli tomonlari


    Kuchsiz tomonlari


    Ichki omillar


    Imkoniyatlari


    Tazyiqlar


    Tashqi omillar



    6.10-rasm. SWOT tahlil matritsasi

    SWOT tahlil natijasida kompaniyaning kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari xulosasini chiqarish mumkin.


    Marketing rejasi asosiy hujjat bo‘lib, kim, nima va qaerda hamda qaysi yo‘l bilan aniq vazifani bajarish shart degan savollarga javoblarni ifodalaydi.
    Taktik rejalashtirish yaqin muddatga assortiment, savdo, narx, reklama, moliya, kadrlar va boshqalar bo‘yicha korxona siyosatini belgilaydi.
    mahsulot assortimentini rejalashtirish - bo‘lajak iste’molchilar guruhini va ular talabini aniqlash, mahsulotni texnik ko‘rsatkichlarini va iste’mol qiymatlarini muvofiqlashtirish, uning raqobatbardoshligini baholash, upakovka (o‘ram)ni rivojlantirish, tovar turlarini yangilash va boshqalarni o‘z ichiga oladi;
    tovar harakati yo‘nalishlarini va sotishni rejalashtirish - tovarlar oqimi yo‘llarini, qancha zahiraga ehtiyoj borligini, transport orqali tashish, qayta upakovka(o‘ram) qilish, tovar aylanma va sotishdan keyingi xizmat qilish kabilarni aniqlashdan iborat;
    reklama va sotishni rag‘batlantirishni rejalashtirish - reklama vositalarini tanlash, sotuvchilarni va xaridorlarni rag‘batlantirish usullarini aniqlash, raqiblarga ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini baholash demakdir;
    moliyaviy ko‘rsatkichlarni rejalashtirish - shu jumladan, marketing xarajatlarini aniqlash, bahoni belgilash (talab, xarajatlar, raqobatchilar, marketing tadbirlaridan olinadigan daromadga asoslanib)ni tashkil etadi;
    kadrlar bilan ta’minlashning rejasi - rahbariyat va mutaxassislarni joy-joyiga qo‘yish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, maslahatchilarni yollash, boshqa korxonalar tajribasini o‘rganishni o‘z ichiga oladi;
    Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va rentabellikni tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat - ma’lum davr mobaynida korxona marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning bozordagi haqiqiy holatiga mos kelish-kelmasligini aniqlashdir.
    Yillik rejani nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste’molchilarning tovarlarga bo‘lgan munosabati va boshqalar tahlil qilinadi. Korxonaning foyda va zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yo‘li bilan uning rentabelligini nazorat qilinadi.


    Download 0,65 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    past 6.9-rasm. GE yoki “Djeneral - Elektrik” matritsasi

    Download 0,65 Mb.