- rasm. Marketing majmui dasturi jarayoni




Download 0,65 Mb.
bet50/155
Sana14.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#137061
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

6.4- rasm. Marketing majmui dasturi jarayoni

Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.


Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo‘linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni savollarini echishga yo‘naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o‘zlashtirish, firma siyosatini
rag‘batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Ob’ektga bog‘ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo‘yicha va ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi:
  • tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash;


  • innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash;


  • chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish;


  • tovar ishlab chiqarishning tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish;


  • ishlab chiqarishni ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlarni umumiy hajmi va ularning tuzilishini hisoblash;


  • moliyalashtirish manbalarini topish;


  • ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;


  • ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;


  • ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani prognoz qilish.


Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo‘yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatini jami ko‘rsatkichlari to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.


Mahsulot bo‘yicha marketing quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi:
  • mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;


  • mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko‘p variantli hisob- kitobini o‘tkazish;


  • yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash;


  • chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;


  • iste’molchilarni maqsadli bozorda ko‘zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;


  • har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlar, narx va foydani solishtirish);


  • maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‘xshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.




    1. Download 0,65 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Marketing majmui dasturi jarayoni

Download 0,65 Mb.