• 6.5 - rasm. Marketing rejasini shakllantirish
  • Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi




    Download 0,65 Mb.
    bet51/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi

    Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan korxonaning mo‘ljallangan maqsadiga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.

    Quyidagi 6.5 – rasmda marketing rejasini shakllantirish keltirilmoqda.

    6.5 - rasm. Marketing rejasini shakllantirish

    Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir:


    1. Korxonaning imkoniyatlari tahlili(holatli tahlil)


    Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo‘nalishlari.


    Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
    1. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(marketing sintezi).


    Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish yo‘llarini aniqlash.


    1. Strategiyani ishlab chiqish.


    Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko‘zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash).


    1. Rejani ishlab chiqish.


    Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.


    1. Nazorat qilish.


    Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga to‘g‘ri kelish). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.


    Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-sharoitlari (tashqi muhiti) va o‘zining ichki salohiyati turisida batafsil axborotlar to‘plab, aniq xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadqiq qilish» va «Holatli tahlil» usullaridan foydalaniladi.
    Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang‘ich davri bo‘lib, korxona marketing dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini o‘ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o‘z ichiga oladi.
    Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda eng avvalo, uning ichki imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o‘sishi orqalimi yoki bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish, obro‘sini ko‘tarish yo‘li bilan erishiladimi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing tajribasiga ko‘ra, bir necha yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin:
    Birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya’ni egallangan bozorda (bozor segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko‘paytirish orqali daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo‘l bilan ekstensiv imkoniyatlar tugagach, yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali sotish korxonalar bilan hamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni ko‘paytirish, to‘rtinchidan, diversifikatsiya yo‘li bilan, ya’ni korxona o‘z marketing faoliyati doirasida qo‘shimcha xom-ashyoni, tovarni, texnologiyani, iste’molchilarni o‘zlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va foydani ko‘proq olishga erishadi.
    Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, iste’molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo‘nalish aniqlaydi, har bir bo‘limi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi.
    Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab (prinsip) mavjud, ular korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin:
    1. Bozor bir xil emas, u o‘ziga xos segmentlardan iborat.


    2. Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor segmentlarini o‘ziga jalb etishda, ko‘proq muvaffaqiyat qozonishni o‘ylash lozim.


    3. Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.


    4. Marketing vositasini tanlashda, ko‘proq bir-biriga mos va o‘zaro vazifalari bilan bir-birini to‘lg‘izib turuvchilarni ishga solishni ko‘zda tutish kerak. Masalan, tovar upakovka(o‘rama)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, iste’molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo‘shib ishlatilishi tavsiya etiladi.


    5. Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon’yukturasining holatini, raqobatchilar bilan tutgan o‘rni va boshqalar.


    Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda olishga yo‘naltirish hisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida quyidagi yondashishlar mavjud.



    Download 0,65 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi

    Download 0,65 Mb.