• Multimedia - texnologiyalar
  • Narx hosil bo‘lishi usullari
  • Marketingni rejalashtirish




    Download 3.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet157/163
    Sana09.11.2022
    Hajmi3.25 Mb.
    #29604
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163
    Bog'liq
    маркетинг
    3.53.10.08-Tikuvchi, 3f60573946be8c03b72e81db9fc54d7e, Telegram, UYGA VAZIFA
    Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish 
    hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing 
    strategiyasi tanlash bilan bog‘liq jarayon. 
    Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - 
    markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslashuvchanlikni modifikatsiya qilishga 
    asoslangan marketing xizmati asosiy bo‘linmalarining o‘zaro harakatlari sxemasi 
    turlari. Funksional, mahsulot, bozor va matritsa tuzilmalari va ularning 
    modifikatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
    Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita firmaning 
    o‘ziga va uning mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga munosabatlariga 
    taalluqli kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar 
    bilan ifodalanadi. 
    Motivatsiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda 
    individuumlar harakatini faollashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish 
    jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga 
    ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar. 
    Multimedia - texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil 
    tatbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-, vizual va 
    virtual kommunikatsiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil 
    etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari. 


    295 
    Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega 
    bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul 
    qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi
    marketing-miksning samarali vositasi. 
    Narx hosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda 
    qo‘llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va 
    raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud. 
    Narx siyosati - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va 
    strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor 
    kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani 
    keltiruvchi narx belgilash san’ati. 

    Download 3.25 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   163




    Download 3.25 Mb.
    Pdf ko'rish