• 14.2. Yonish jarayoni, uning turlari va xususiyatlari. Yong’in kelib chiqishi sabablari
  • Yong’in xavfsizligini ta’minlash asoslari




    Download 338,55 Kb.
    bet2/5
    Sana24.11.2023
    Hajmi338,55 Kb.
    #104959
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-taqdimot QE va MM

    Yong’in xavfsizligini ta’minlash asoslari
    O’zbekiston Respublikasida Yong’in xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat: 1) O’zbekiston Respublikasining «Yong’in xavfsizligi to’g’risida»gi Qoununi 2009 yil 30-sentabr O’RQ-226. 2)O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3 fevraldagi «Yong’inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong’inlarga doir axborotni to’plash hamda o’zaro almashish tartibi haqidagi Nizomini tasdiqlash to’g’risida» 13-sonli Qarori. 3) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil4 oktabrdagi «Davlat yong’in nazorati to’g’risidagi Nizomini tasdiqlash haqidagi» 272-sonli Qarori. 4) O’zbekiston Respublikasi IIVning 2013 yil 21 noyabrdagi «Tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo’lgan ob’yektlarni yong’in-profilaktika ko’rigidan o’tkazish tartibi to’g’risida» 136-sonli buyrug’i. 5) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi «Ichki ishlar organlari yong’in xavfsizligi bo’linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2992-sonli Qarori.
    14.2. Yonish jarayoni, uning turlari va xususiyatlari. Yong’in kelib chiqishi sabablari
    Yonish jarayonlari yondirish qurilmalari ichida va yong’inlarda bir xil fizik-kimyoviy tabiatga ega bo’lib, ko’lami, issiqlik va massa almashinuv shartlari bilan farqlanadi. Shuning uchun yonishning vujudga kelishi va rivojlanish qonuniyatlarini ko’rib chiqa turib, tavsiflanayotgan holatlar birinchi navbatda bino va inshootlardagi yong’inlarga taalluqli ekanligini inobatga olamiz.
    Yonish jarayonining asosiy o’ziga xosligi ularning o’zini-o’zi saqlab turish va o’zini-o’zi rivojlantirish imkoniyatidadir. Yonish jarayonlari o’zi yuqori haroratda yuzaga kelib, o’zi mazkur haroratni ta’minlab turadi. Boshqacha qilib aytganda yonish – yonuvchi aralashmaning reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega bo’lgan boshlang’ich komponentlarining oksidlovchi bilan yonish mahsulotlariga ekzotermik aylanish (o’zgarish) murakkab fizik-kimyoviy jarayoni hisoblanadi.

    Download 338,55 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 338,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong’in xavfsizligini ta’minlash asoslari

    Download 338,55 Kb.