• KIRISH
  • Eritib qoplash texnalogiyasi




    Download 1.5 Mb.
    bet1/6
    Sana04.11.2023
    Hajmi1.5 Mb.
    #94294
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    xayrullo raxmonov
    1-топширик ЭФ

    ERITIB QOPLASH TEXNALOGIYASI VA JIXOZLARI

    2-21 TMJ raxmonoV xayrullo

    Eritib qoplash texnalogiyasi va jihozlari faniga kirish

    REJA:

    1.Kirish

    2.Eritib qoplash mohiyati

    3.Eritib payvandlash usullari tasnifi

    KIRISH

    Eramizdan 8-7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usullari mavjud bo‘lib, asosan mis buyumlar payvandlanar edi. Bunda mis avval qizdirilib, so‘ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo‘rg‘oshin kabi metallardan buyumlar tayyorlashda o‘ziga xos quyma payvandlash bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar va tutashadigan joyiga oldindan tayyorlangan erigan metall quyilar edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayyorlashda temirchilik o‘chog‘ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib, so‘ng toblash natijasida buyumlar tayyorlanardi. Bu usul temirchilik o‘chog‘ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko‘pgina payvandlash jihozlari, qurilmalari va texnik usullari o‘zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o‘zgarmagan.

    Texnika sohasida keskin o'zgarishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida sezila boshladi. 1802-yilda rus olimi akademik V.V. Petrov birinchi bo‘lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. Olim 1803-yilda yozgan «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangiliklar» kitobida yoyli zaryadsizlanish yordamida metall erishini bayon qilgan. Yoyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqlik manbai va yuqori darajada yorituvchanligi bilan amaliy qo‘llanishga tez kiritilmadi, chunki yoy ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan tok kuchlanishini yetkazib beruvchi manba yo‘q edi. Bunday manbalar faqatgina XIX asr oxirida paydo bo‘ldi. Yoy zaryadsizlanish ochilishi davrida elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan, elektrotexnik sanoati esa yo‘q edi. 1821-yilda ingliz yetakchi fizigi M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit induksiyani ochdi va shu orqali elektr yurituvchi va elektr generatoming qurilmalar prinsipini yaratdi.


    Download 1.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.5 Mb.