|
char capital[]="TASHKENT"
|
bet | 7/8 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 38,61 Kb. | | #158285 |
Bog'liq 1.m dchar capital[]="TASHKENT"; Bu holda avtomatik ravishda massiv elementlari soni aniqlanadi va massiv oxiriga satr ko‘chirish '\0'simvoli qo‘shiladi.
Yuqoridagi initsializatsiyani quyidagicha amalga oshirish mumkin:
char capital[]={'T','A','S','H','K','E','N','T','\0'};
Bu holda so‘z oxirida '\0'simvoli aniq ko‘rsatilishi shart.
Qiymat berish operatori yordamida satrga qiymat berish mumkin emas. Satrni massivga yoki kiritish paytida yoki nomlantirish yordamida joylashtirish mumkin.
Funksiyalar va satrlar. Funksiyalarda satrlar ishlatilganda ularning chegarasini ko‘rsatish shart emas. Satrlarning uzunligini hisoblash len funksiyasii quyidagicha ta’riflash mumkin:
int len(char c[])
{ int m=0;
for(m=0;c[m]!=’0’;m++);
return m;
};
Bu funksiyaning standart varianti strlen deb ataladi va bu funksiyadan foydalanish uchun string.h sarlavxali faylidan foydalanish lozim.
So‘zlar massivini kiritish. C++ tilida so‘zlar massivlari ikki o‘lchovli simvolli massivlar sifatida ta’riflanadi. Misol uchun:
char name[4][5].
Bu ta’rif yordamida har biri 5 ta harfdan iborat bo‘lgan 4 ta so‘zli massiv kiritiladi. So‘zlar massivlari quyidagicha initsializatsiya qilinishi mumkin:
char Name[3][8]={ "Anvar","Mirkomil","YUsuf"}.
Bu ta’rifda har bir so‘z uchun xotiradan 8 bayt joy ajratiladi va har bir so‘z oxiriga ' \0' belgisi qo‘yiladi.
So‘zlar massivlari initsializatsiya qilinganda so‘zlar soni ko‘rsatilmasligi mumkin. Bu holda so‘zlar soni avtomatik aniqlanadi:
char comp[][9]={ "kompьyuter","printer","kartridj"}.
Funksiyalar va so‘zlar massivlar. Satrli massivlar funksiya argumenti sifatida ishlatilganda satrlarning umumiy uzunligi aniq ko‘rsatilishi shartdir.
STRING TIPI. SATRLAR BILN ISHLASH UCHUN STANDART BIBLIOTEKAGA KIRUVCHI STRING MURAKKAB TURIDAN FOYDALANISH QULAYDIR.
Bu tipdan foydalanish uchun quyidagi sarlavxali faylni ulash lozim:
|
| |