• Dastur
  • Paskal, Beysik va Fortran
  • Tarmoqlanuvchi algoritm -




    Download 38,61 Kb.
    bet2/8
    Sana17.02.2024
    Hajmi38,61 Kb.
    #158285
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1.m d

    Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
    Takrorlanuvchi algoritm biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.
    Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
    Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi.
    Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma ket bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi:
    non bo‘lagini kesib olish;
    •kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
    • kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.

    Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir bosqich amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi.
    Algoritmik tillar Masalani echish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur tuziladi. Dastur - bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to‘plamidir.
    Dasturlash - esa bu dastur tuzish jarayoni bo‘lib, u quyidagi bosqichlardan iboratdir:
    dasturga bo‘lgan talablar;
    • qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
    • dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
    • dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.

    Hozirgi kunda juda ko‘plab algoritmik tillar mavjud. Ularga dasturlash tillari deb ataymiz. Algoritmik til - algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo‘lib u matematik belgilarni o‘z ichiga oladi. Tuzilgan algoritmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib bo‘lmaydi, shu sababli yozilgan algoritmni biror bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z qo‘llanilish sohasiga ega. Masalan, muxandislik hisob ishlarini bajarishda Paskal, Beysik va Fortran. Iqtisod masalalarini echishda Paskal va Kobol. Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. O‘quv jarayonlari uchun Beysik, Paskal va boshqalar.
    Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Assembler tili mashina tiliga ancha yaqin til bo‘lib o‘rta darajadagi tildir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.

    Download 38,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 38,61 Kb.