|
Eshniyozova Sitora
|
bet | 4/8 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 38,61 Kb. | | #158285 |
Bog'liq 1.m dax2 + bx + с = 0
kvadrat tenglamani yechish algoritmi uchun yuqorida sanab o’tilgan algoritmning xossalarini quyidagicha tekshirib ko’rish mumkin.
Agar kvadrat tenglamani yechish algoritmi biror usulda yaratilgan bo’lsa, biz ijrochiga bu algoritm qaysi masalani yechish algoritmi ekanligini aytmasdan a, b, с larning aniq qiymatlari uchun bajarishni topshirsak, u natijaga erishadi va bu natija kvadrat tenglamaning yechimi bo’ladi. Demak, algoritmni ijro etish algoritm yaratuvchisiga bog’liq emas.
Xuddi shuningdek a, b, с larga har doim bir xil qiymatlar bersak, algoritm har doim bir xil natija beradi, ya’ni to’liqdir.
Yaratilgan bu algoritm faqatgina bitta kvadrat tenglamani yechish algoritmi bo’lib qolmay, balki a,b,c larning mumkin bo’lgan barcha qiymatlari uchun natija hosil qiladi, binobarin u shu turdagi barcha kvadrat tenglamalarning yechish algoritmi bo’ladi.
Massivlarni tashkil etish
Massiv tushunchasi. Massiv bu bir tipli nomerlangan ma’lumotlar jamlanmasidir. Massiv indeksli o‘zgaruvchi tushunchasiga mos keladi. Massiv ta’riflanganda tipi, nomi va indekslar chegarasi ko‘rsatiladi. Masalan type turidagi length ta elementdan iborat a nomli massiv shunday e’lon qilinadi:
type a[length];
Bu maxsus a[0], a[1], ..., a[length -1] nomlarga ega bo‘lgan type turidagi o‘zgaruvchilarning e’lon qilinishiga to‘g‘ri keladi.
Massivning har bir elementi o‘z raqamiga - indeksga ega. Massivning x-nchi elementiga murojaat indekslash operatsiyasi yordamida amalga oshiriladi:
int x=...; //butun sonli indeks
TYPE value=a[x]; //ch-nchi elementni o‘qish
a[x]=value; //x-yxb elementga yozish
Indeks sifatida butun tur qiymatini qaytaradigan har qanday ifoda qo‘llanishi mumkin: char, short, int, long. C++ da massiv elementlarining indekslari 0 dan boshlanadi (1 dan emas), length elementdan iborat bo‘lgan massivning oxirgi elementining indeksi esa - bu length -1 (length emas). Massivning int z[3] shakldagi ta’rifi, int tipiga tegishli z[0],z[1],z[2] elementlardan iborat massivni aniqlaydi.
Massiv chegarasidan tashqariga chiqish (ya’ni mavjud bo‘lmagan elementni o‘qish/yozishga urinish) dastur bajarilishida kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tamizki, bu eng ko‘p tarqalgan xatolardan biridir.
Agar massiv initsializatsiya qilinganda elementlar chegarasi ko‘rsatilgan bo‘lsa , ro‘yxatdagi elementlar soni bu chegaradan kam bo‘lishi mumkin, lekin ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Misol uchun int a[5]={2,-2}. Bu holda a[0] va a[1] qiymatlari aniqlangan bo‘lib, mos holda 2 va –2 ga teng.
Agar massiv uzunligiga qaraganda kamroq element berilgan bo‘lsa, qolgan elementlar 0 hisoblanadi:
|
| |