• 3. Muloqot - ijtimoiy psixologik voqelik sifatida
  • Esse mavzu: Muloqot psixologiyasi Reja: 1 Muloqot haqida umumiy tushuncha




    Download 21.49 Kb.
    bet1/3
    Sana27.03.2024
    Hajmi21.49 Kb.
    #179170
      1   2   3
    Bog'liq
    Jo`rayeva Sevinch
    7-s.N.ishi2022.1-variant, 11, 7-mavzu, 3 1 Ma\'ruza Excel, СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ, Русский язык – один из мировых языков, Автор и герой в прозе Д. Рубиной, 25252525, 1305326, yozma, Внутренний монолог как способ выражения «диалектики души», Из История спорта, O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo, 1248550, 1447828

    Matematika informatika fakulteti fizika astronomiya yoʻnalishi 103-guruh talabasi Joʻrayeva Sevinchning yozgan essesi


    ESSE
    Mavzu: Muloqot psixologiyasi
    Reja:
    1 Muloqot haqida umumiy tushuncha
    2 Til muomala vositasidir.
    3. Muloqot - ijtimoiy psixologik voqelik sifatida
    Istiqlol tufayli o’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar SHarqda o’ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Ushbu o’quv qo’llanma jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro’y berayotgan o’zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o’rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o’rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o’rinni egallamoqda Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish o’smirlar ta’lim tarbiyasining muxim vazifalari sarasiga kiradi. Har bir o’smirning o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, SHaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyoj qondirilmasa, o’smir ongi ham rivojlanmaydi. SHuning uchun biz doimo o’smirning muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishimiz lozim.
    Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir -
    birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi. Muloqot - odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat
    ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir Muloqot
    (munosabat) birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayirboshlashni o’z ichiga oladi.
    Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda
    avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning
    o’zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham
    ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora
    bilan muloqotda bo’lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning birbirlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni
    hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo’lamiz. Demak, muloqot jarayonida
    kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish) va pertseptiv
    (o’zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
    Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini
    rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o’z “Meni” atrofdagilar bilan
    bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, SHaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha,
    maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning
    yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan
    ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. SHuning uchun biz doimo muloqotga
    bo’lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo’lgan muloqotdan qoniqish hosil
    qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
    Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo’lib, pedagogik faoliyatda muhim o’rin
    tutadi.
    Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga to’g’ri keladi.
    Rasmiy guruhda boshliq rolini o’ynasak, kasalxonada bemor, do’konda haridor, oilada rafiq yoki
    rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz.
    O’smirlar ongini va e’tiqodini shaklantirishida milliy g’oyani to’g’ri targ’ib etishda
    muloqot katta ahamiyatga ega.
    Respublikamizda bir necha yillarga mo’ljallangan g’oyalar mavjud. Ular vatanimiz
    taraqqiyotini ruyobga chiqaruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g’oyalar
    quyidagicha:
    1) O’zbekiston kelajagi buyuk davlat;
    2) O’zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo etish;
    3) fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yoritish;
    4) mustaqil fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash;
    5) komil insonni kamol toptirish kabilar.
    Vatanimizning milliy g’oyasi barcha millatlar uchun umumiydir. Milliy g’oya
    fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, baxtli turmush, farovon
    hayot, o’zaro totuvlik, mustaqillik tuyg’usiga sadoqatliliq, ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi.
    Milliy g’oyani bolalarga yoshlikdan singdirish darkor. Bog’cha yoshidagi bolalarga ham faqat
    quruq yodlatish orqali mashg’ulotlarni o’tkazmasdan, balki trening mashg’ulotlardan, ayniqsa,
    muomala treningidan ko’proq foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli yoshdagi bolalar bilan
    muloqot treningini tashkil etish, yoshlar xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Muloqot treningida
    “Vatan seningcha nima?”, “Ona-zamin degani nima? ”, “Biz nima uchun yashaymiz?” kabi
    muammoli savollarni o’rtaga tashlab, bolalarga milliy g’oyani, milliy g’ururni singdirish
    mumkin.
    O’zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin birmuncha ijobiy o’zgarishlar yuz berdi,
    ularning bir qismi milliy istiqloldan so’ng amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari
    ona tilida rasmiylashtirilmoqda, yig’ilishdagi ma’ruzalar o’zbek tilida qilinmoqda. Ijtimoiy
    hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq
    madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o’zbek tilining mo’saffoligi, aniq va lo’ndaligi,
    mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o’z ifodasini topa olmayapti, natijada
    uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi,
    avvalo nutq madaniyatini yoshlarda shakllantirishdir. SHuningdek, o’qitish jarayonida bo’lajak
    mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala sirlarini singdirish, guruh va jamoalarda o’zaro
    munosabatlarni muloqot orqali yaxshilashdir. Muloqotning nazariy va metodologik
    muammolarini hal qilish, muloqotni nutq bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlash fanning
    asosiy maqsadini tashkil qiladi.
    Muloqotning asosiy vazifalari quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
    1) hamqorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o’zaro ta’sir va muloqot qonuniyatlarini
    o’rganish;
    2) SHarq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;
    3) talabani faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlab o’tish;
    4) talabalarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish;
    5) shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish;
    6) o’zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.
    Biz bo’lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur:
    — muomala madaniyatining nazariy asoslarini;
    — shaxslararo munosabatlar qonuniyatlarini;
    — pedagogik muloqotning qonuniyatlarini;
    — oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo’yiladigan asosiy talablar haqida tasavvurga
    ega bo’lishi kerak;
    — shaxsda muloqot shakllanishini o’rganish;
    — muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;
    — shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish;
    — muloqot sirlarini bilishi va qo’llay olishni;
    — guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o’tkazish;
    — oilada muloqot madaniyati, muloqot sirlaridan bohabar bo’lish;
    — muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil tish
    yuzasidan ko’nikmalar hosil qilish.

    Download 21.49 Kb.
      1   2   3




    Download 21.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Esse mavzu: Muloqot psixologiyasi Reja: 1 Muloqot haqida umumiy tushuncha

    Download 21.49 Kb.