• 2.Asosiy qism.
  • Esse yozish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar esse va inshoning farqli tomonlari




    Download 246,29 Kb.
    bet2/5
    Sana16.12.2023
    Hajmi246,29 Kb.
    #120061
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3. Esse qanday yoziladi

    Essening tuzilishi.


    1.Kirish

    Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim. Chunonchi, bu o‘rinda esse yozuvchi "Kirish qismida ushbu mavzuga ma’lumot berish kerakmi?", "Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?", "Men esse yozish davomida o‘z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?", "Men kalit so‘zdan kelib chiqqan holda tezis qo‘ya olamanmi?" kabi savollarni o‘z oldiga qo‘yishi va shuning tevaragida fikr yuritgani ma’qul. Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan iborat bo‘lishi va har bir xatboshida ikki-uch gap ifodalanishi mumkin. O‘quvchini qiziqtirish, uning e’tiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi jonli va aniq yozilishi kerak. Bunda xitob, undov, shaxsiy tajribaga ishora, ritorik so‘roq kabilardan foydalanish o‘rinlidir.


    Kirish qismida o‘quvchi esse mavzusiga tushuncha beradi, shu orqali uning esse mavzusini qanday tushunganligi aniqlanadi va bu mavzu nima uchun dolzarb ekanligi yoritiladi. Mavzu va uning dolzarbligi yoritilgandan keyin tezis qo‘yiladi. Tezisdan keyin asosiy qismga bog‘lovchi gap yoziladi. Agar tezis aniq va yaqqol berilsa, gap yozilmasligi ham mumkin.
    Tezis qo‘yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.


    2.Asosiy qism.

    Asosiy bo‘lim – mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi bo‘lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog‘liq dalil va faktlar jamlangan bo‘lib, unda dalillar, xabarlar, turli statistik ma’lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi, ko‘tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari oydinlashtiriladi. Bu jarayon birmuncha murakkabroq kechadi. Shu sababli, asosiy bo‘limni bir necha kichik qismlarga bo‘lish mumkin. Har bir qismni dalillar asosida yoritish asosiy savolga javob topishga ko‘maklashadi. O‘quvchining keltirilgan fakt va dalillarni taqqoslab, o‘z qarashlarini tahlil orqali ko‘rsatib borishi asosiy bo‘limning to‘liq yoritilishiga imkon beradi.


    Qismlarga to‘g‘ri ajratish va izchillik bilan bayon etish mavzuning yoritilishidagi mantiqiylikni ta’minlaydi.
    Dalillar – o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko‘chirma (maqol, tsitata, hikmatli so‘z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.
    Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida qo‘yilayotgan masalaga o‘quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo‘lsa kabi kirish so‘zlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.


    3. Xulosa

    Xulosa – mavzu bo‘yicha chiqariladigan yakuniy jumlalar bo‘lib, unda yangi fikr-mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda yakun chiqarilib, uni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi. Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya’ni «Esse boshida ko‘tarilgan masala bo‘yicha nima deyish mumkin?» degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so‘zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda... va boshqalar.





    Download 246,29 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 246,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Esse yozish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar esse va inshoning farqli tomonlari

    Download 246,29 Kb.