• Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
  • Excelda elektron jadval bilan ishlash tartibi




    Download 48,22 Kb.
    bet16/17
    Sana29.05.2024
    Hajmi48,22 Kb.
    #256328
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Obidjonov Oyatillo Microsoft Excel ilovasining interfeysi

    Excelda elektron jadval bilan ishlash tartibi


    Dasturning yangi versiyalari chiqarilishi bilan Excelda jadvallar bilan ishlash yanada qiziqarli va dinamik bo'lib qoldi. Varaqda aqlli jadval hosil bo'lganda, "Jadvallar bilan ishlash" - "Dizayn" vositasi mavjud bo'ladi.

    Bu erda biz jadvalga nom berishimiz, hajmini o'zgartirishimiz mumkin.
    Turli xil uslublar mavjud, jadvalni odatiy diapazonga yoki burilish hisobotiga aylantirish qobiliyati.
    Dinamik MS Excel elektron jadvallarining xususiyatlari ulkan. Ma'lumotlarni kiritish va avtomatik to'ldirish ko'nikmalaridan boshlaymiz:

    Agar siz har bir sarlavha pastki sarlavhasining o'ng tomonidagi o'qni bosgan bo'lsangiz, biz jadval ma'lumotlari bilan ishlash uchun qo'shimcha vositalarga kirish huquqiga ega bo'lamiz.

    Ba'zan foydalanuvchi ulkan jadvallar bilan ishlashi kerak. Natijalarni ko'rish uchun siz mingdan ortiq qatorlar bo'ylab harakat qilishingiz kerak. Qatorlarni o'chirish imkoniyat emas (ma'lumotlar keyinroq kerak bo'ladi). Ammo siz buni yashirishingiz mumkin. Shu maqsadda raqamli filtrlardan foydalaning (yuqoridagi rasm). Yashirin bo'lishi kerak bo'lgan qiymatlar yonidagi katakchalarni olib tashlang.

    Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi


    Kompyuter xonalarida mexnat sharoitlarini to’g’ri tashkil etish joyini tashkil etilishi. Kompyuter xonalarida ish joyi to`g`ri tashkil etilishi ish unumdorligini oshirish, charchashni oldini olish, ish joyidagi jixozlarni va uskunalarni to`g`ri joylashtirishniomillar, ranglarni to`g`ri tanlay bilishdir. Uskunalar shunday joylashishi kerakki ishchilar ortiqcha xarakatsiz, o`zini zo`riqtirmasdan osongina foydalanish.
    Ish joyida mehnat sharoitini yaxshilash ishlariga bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi.Bularga tashkiliy, texnikaviy,sanitariya –gigiena,tabiiy-iqlim omillari kiradi.
    Hisoblash texnikasi bilan ishlovchi ishchilar tibbiy tekshiruvdan o`tkazilganda ish unumdorligi pasayishdan tashqari shovqin eshitish qobiliyatini xam pasaytiradi. Kombinasiyalashgan zararli omillar ta`sirida ko`p vakt qolish kasbiy kasallanishga olib kelishi mumkin. Elektr qurilmalari ya`ni kompyuterning barcha qurilmalari inson uchun xafli hisoblanadi. CHunki kompyuterda ishlayotganda inson tok kuchlanishi ta`sirida bo`lgan qismlarga tegib ketishi mumkin. Elektr qurilmalarning spesifik xavfi: bu elektr o`tkazuvchilar, izolyasiyasi shkastlanishi natijasida tok ta`siriga tushib qolgan kompyuter korpusi Elektr tokining ta`siri faqat tok inson tanasidan o`tganda seziladi. Elektr shikastlanishidan himoyalanishda elektr qurilmalari to`g`ri joylashtirilishi, elektr o`tkazuvchi sim va kabellarni to`g`ri ulanishi muxim o`rin egallaydi.
    Ish jarayonida statik elektrning razryadli toki ko`proq kompyuterning biror bir elementiga tegib ketish natijasida xosil bo’ladi. Bunday razryadlar insonga xavf tug`dirmaydi, yoqimsiz ta`sirdan tashqari kompyuterni ishdan chiqishiga olib keladi. Simlar izolyasiyasi shikastlanganda tok ta`sirini kamaytirish uchun ish xonalarining pollari bir qavatli polivinil xloridli antistatik linolium bilan qoplanishi lozim. Himoyalashni boshqa usuli ionlashtirilgan gaz bilan zaryadlarni neytrallash. Kompyuter xonalarining kattaligi u yerda ishlovchi xodimlar va kompyuterlar soniga mos kelishi zarur. Ish joylarini tashkillashtirishga, yana xarorat, yorug`lik, havo tozaligi, shoviqindan himoyalanganlik parametrlari hisobga olinadi.
    Sanitar meyorrlariga ko`ra bir ishchi uchun ish joyining xajmi 15 m2 , ish maydoni esa 4,5 m2 dan kam bulmasligi kerak. Xonaning balandligi poldan shiftgacha 3-3,5 m bulishi kerak. Kompyuter xonalarida odatda yon tomonlama tabiiy yoritilganlik qo`llaniladi. Tabiiy yoritilganlikda shimol yoki shimoliy-sharqqa qaratilgan 48 yorug`lik darchalaridan foydalanish kerak, bunda tabiiy yoritilganlik koefisenti 1,2-1,5 % kam bo`lmasligi shart. Kompyuterlarni podvallarda joylashtirish ruxsat etilmaydi. Kompyuter xonalari va ish joylarida tabiiy yoritilganlik qo`llanishi zarur.Boshqa xollarda esa sun`iy yoritilganlikni qo`llash mumkin. Ish xujjatlari joylashgan stol usti yoritilganligi 300-500 lk bulishi kerak.Yorug’lik manbaini shunday joylashtirish kerakki, bunda yorug`lik ko`zni qamashtirmasligi kerak, ko`rish maydonidagi yorug`lik manbaining yorqinligi 200 kd /m2 oshmasligi kerak.


    Xulosa
    Men ushbu ―Excel dasturini o`rgatishni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish‖ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimni bajarish davomida ko‘plab izlanishlar olib bordim. Excel dasturi haqida m‘lumotlar to`pladim. Uning qanday yaratilganligini, tarixi, uning menyulari haqida ko`plab ma‘lumotlar Excel dasturini o`rgatishni avtomatlashtirilgan tizimni yaratishda qulayliklar tug`dirdi. Excel dasturi hozirgi kunda deyarli hamma joylarda asosiy ish quroli sifatida foydalanib kelinmoqda. Shu to‘plagan ma‘lumotlarim asosida C++ Builder 6 dasturlash tili asosida Excel dasturini o`rgatishni avtomatlashtirish tizimini yaratdim. Bu yaratilgan dastur makab, kollej. akademik litseylardan tashqari har bir korxona hodimlari va Excelni o`rganishni hohlovchilar uchun ham asosiy qo`llanma hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan tizimni yaratish davomida dasturlash texnologiyalari usullari bilan chuqurroq tanishib chiqdim va o‘zim uchun yetarli malaka va ko‘nikma hosil qildim. Excel dasturini va C++ Builder 6 yordamida shunday tizimni yaratishga harakat qildim. Ma‘lumotlarni kiritishni qulay va oson usuli ustida ish olib bordim hamda C++ Builder 6 dasturidagi ma‘lumotlarni MS Excel ga eksport qilish interfeysini yaratdim. ‖Informatika‖ fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Uni yanada rivojlantirish, kompyuter dasturlari bilan tanishish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni elektronhisoblash mashinalari bilan tanishtirish, ularni o‘rgatishni yangi bosqichlarini ishlab chiqish mamlakatimizning dolzarb va asosiy mavzusiga aylangan. Maktab, kollej, litsey, institut, universitetlarni talabga javob beradigan kompyuterlar bilan ta‘minlash, ularga eng zamonaviy kompyuterlarni va ular bilan ishlashni o‘rgatish, O‘zbekistonni har jabhada jahonga ko‘rsatish asosiy vazifadir. Bu O‘zbekistonda axborot texnologiyalarining qanday rivojlanayotganligi bir kichik va oddiy misoldir. Jahonning ko‘p davlatlari O‘zbekistonimizga boshqacha ko‘z bilan qarashmoqda. Yosh avlodga ko‘rsatilayotgan va berilayotgan imkoniyatlar boshqa 65 davlatlarni havasini keltirmoqda. Har bir davlat rivojlanish yo‘lida ma‘lum qiyinchiliklarga uchraydi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish davrida o‘zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali amalga oshirilishini talab etiladi. O‘zbekiston ko‘p davlatlar kabi axborot texnologiyalarini ishlab chiqishda muammolarga duch kelmoqda. Bu borada, Yevropa, Yaponiya va AQSH davlatlari yetakchilik qiladi. Mamlakatimizning axborot texnologiyalaridagi eng katta muammosi, bu kompyuterlarni ishlab chiqarish salohiyatidir. Bizda ham bosqichma-bosqich shu muammolarni yechishga astoydil harakat qilinmoqda. Bizning olimlar bu muammolarni yechishga harakat qilmoqdalar, lekin baribir bu jabhalarda kemtik borga o‘xshaydi. Baribir O‘zbekistonimiz bu muammolarni asta-sekinlik bilan hal qiladi. Har bir davlatda ham muammolar mavjud faqat o‘z milliyligini, aqlini ishlatgan davlatlar muammolarni hal qiladi. O‘zbekistonda mustaqil bo‘lgandan so‘ng, asta sekin rivojlanish yo‘liga o‘tdi.
    .


    Download 48,22 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 48,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Excelda elektron jadval bilan ishlash tartibi

    Download 48,22 Kb.