Excelda iqtisodiy masalani yechish usullari




Download 304 Kb.
bet1/7
Sana27.05.2024
Hajmi304 Kb.
#254703
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1Iqtisod innovatsion (1)


Reja
Kirish
1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va amaliy ahamiyati
2. Iqtisodiyot fanlarini òqitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib dars samaradorligini oshirish
3. Excelda iqtisodiy masalani yechish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
O‘qitishdagi informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar - bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot uzatish usul va metodlarining majmui, bilimlarni o‘zlashtirishni tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish. Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo‘lib, talabaning harakatlarida sodir bo‘ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o‘qitishda qo‘llanishga moslangan bo‘ladi. Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda foydalanilmoqda: -o‘rganish ob’ekti sifatida; -o‘qitishning texnik vositalari sifatida; -ta’limni boshqarishda; -ilmiy-pedagogik izlanishda. Kompyuterli o‘qitishning afzalliklari juda ko‘p: o‘quvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o‘quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o‘quvchi ta’lim subyektiga aylanadi; o‘quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo‘ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holdaarsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo‘ladi; komputer bilan muloqot didaktik o‘yin xarakterini oladi va bu bilan o‘quvchilarda o‘quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo. Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o‘quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko‘ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o‘quvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni kompyuter vositasida yo‘lga qo‘yish. O‘quvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag‘batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo‘lgan yaxlit tizimda o‘z ifodasini topadi. Ta’lim jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan ko‘plab elektron o‘quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, o‘rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ular o‘zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko‘ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.
Bugungi kunda texnika va texnalogiyalar shu qadar rivojlanmoqdaki, kirib bormagan sohalar, ishg’ol qilmagan devorlar qolmagan. Albatta, iqtisodiyot sohasiga ham kirib keldi va biz yangi iqtisodiyotni kashf etdik. Biz bu iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyot deb ataymiz. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan. So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.

Download 304 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 304 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Excelda iqtisodiy masalani yechish usullari

Download 304 Kb.