Expert tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish




Download 240.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana10.02.2022
Hajmi240.81 Kb.
#17329
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Expert tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti Ekspert tizimlar
нервная система, Надпочечник, строение нефрона, epsilon, IMG 0002, Basketbol, 230524607392, Navoiy davlat pedagogika, 123, АНКЕТА-шакл 5, АНКЕТА-шакл 5, IMG 0012, Галогениды лития, Документ Microsoft Word
Ekspert tizimlarni yaratish 
• 
ET larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish 
• 
ET dagi bilimlar tarkibi 
• 
Produksion tizimlarda xulosani boshqarish 
Et larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish.1970-
yillardan boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy 
intellektning avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish, fikrlab 
xulosa chiqarish, evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat 
ETlargina bu kuchli usullar yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga 
keltirishdi. 
ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan ortiq 
tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr etilgan. 
Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan yuzdan 
ortiq firmalar mashg'uldir. 
Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va ishlab chiqarilishini 
sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi. 
Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi. 
Birinchisi, masalaning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik 
firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab 
chiqarish vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi 
izlanish sohasidagi ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni 
ko'rishni xohlaydi. Bundan esa, ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich 
ko'rsatmalar: «tasvirlarni qayta ishlash ETini yaratish», «bolalardagi muvozanat — 
harakat apparati kasalliklarini davolash ETini yaratish» kabilar. Ammo, awal 
ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha umumlashtirilsa, evristik qoidalarga 
asoslanib yechimini topish shunchalik o'z kuchini yo'qotadi. Shuning uchun, 
boshlang'ich vaqtlarda, agar ishlab chiquvchida ma'lum bir malaka bo'lmasa, 
unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan masalalarni yechishga 
qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, shu 
masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi ham muhim rol o'ynaydi. ETlarni ishlab 


chiqishda faqatgina masala shartining aniqligidan tashqari, «qo'l usuli»ning bo'lishi 
maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini yo'qotadi. 
Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik. 
Bu qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga berayotganida yuzaga 
keladi. Demak, Komp’yuter tizimini o'qitish uchun, eng avvalo bu bilimlarni 
ma'lum bir ko'rinishda tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirish kerak. 
Aksariyat ekspertlar (matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z 
bilimlarini kundalik hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir 
qilib, tizimlashgan ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni 
bu holatga keltirish uchun yurist yoki mediklarga nisbatan matematik yoki 
dasturlashtiruvchilarda ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli juda 
yordam beradi. Bundan tashqari, bir tomondan matematik fikrlash sohasi va 
bilimlarni tasavvur qilish usullari, boshqa tomondan esa EHM imkoniyatlari, 
dasturlash-tirish tizim va tilini mukammal bilish talab etiladi. 
Shunday qilib, ekspert va ekspert (Komp’yuter ) tizimlari orasida «dallol» 
vazifasini o'tovchi mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar injenerlari 
(knowledge engineerik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar injeneriyasi deb atala 
boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda «bilimlar injeneri» mutaxassisligi ko'pgina 
oliy o'quv yurtlarida kiritilgan bo'lib, bizda esa tizim-lashgan dasturlashtirish 
mutaxassisligi doirasida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda ekspert va bilimlar injeneri 
vazifasini bir odam bajara olmaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshlang'ich 
bilimlarni egallash uchun uch xil mutaxassisliklar: ekspert, bilimlar injeneri va ET 
ni ishlab chiqaruvchining umumiy harakati kerak. 
Yana bir muammo — bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p mehnat bilimlar 
bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi bilan 
dialogli bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi va 
dasturlash usuli xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizimning oddiy murak-
kablashtirilmagan boshlang'ich variantini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda 
foydalanuvchi uchun ET ni rejalashtirilgan imkoniyatlarini umumiy holda bo'lsa 


ham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi uchun tizimning kamchiliklarini yo'qotib, uni 
mukammalroq ko'rinishga keltirishga imkon yaratadi. 
Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi 
e'tirof etilgandan keyin, kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish 
texnologiyasi talabga javob bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik 
ichida ET lar hozirgi vaqtdagi eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi. 
Ularni sog'liqni saqlashda, sug'urta qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda 
qoidalarga tayangan holda yechimlarni topish uchun samarali vositalar sifatida 
qo'llanmoqda. Hozirgi kunda bilimlar bazasi katta tizim ichiga joylashtirilgandir. 
Ular internetda qidiruv olib boruvchi bog'lovchi DASTUR larni markazida 
joylashgan va foydalanuvchilar uchun informatsiya oqimini boshqarishga 
ko'maklashadi. 
Bilimlar bazasidan iborat tizim rivojlanishini kuchaytirgan omillarni ko'rib 
chiqamiz: bilimlar bazasi texnologiyasi yordamida pullarni tejashni bilib olgan 
kompaniyalar ularni Komp’yuter ekspertizasiz tasawur etib bo'lmaydigan maxsus 
biznes jarayoniga joylashtiradilar. 

Download 240.81 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 240.81 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Expert tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish

Download 240.81 Kb.
Pdf ko'rish