• Ma’ruza darsining rejasi
  • Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari
  • Факультетда мавжуд таълим йыналишлари ва мутахассисликлар




    Download 247.5 Kb.
    bet1/4
    Sana26.03.2024
    Hajmi247.5 Kb.
    #177862
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2. ХАМ ва УБ 2-маъруза

    • 5320400-Kimyoviy texnologiya yoʻnalishi
    • «Xomashyo materiallari va ularni boyitish» fanidan
    • 2-ma’ruza

    Ma’ruza darsining rejasi:

    • 1. Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari
    • 2. Ikkilamchi material resurslari

    Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari

    • Oʻsimlik va hayvonot xomashyolariga yogʻoch, zigʻir, kanop, yogʻlar, oʻsimlik moylari, hayvon terilari va shunga oʻxshashlar kiradi. Bular xalq xoʻjaligida ishlatilishiga koʻra ozuqali va texnikaviy xomashyolarga boʻlinadi. Ozuqali xomashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar – oʻrmonchilik, baliqchilik va qishloq xoʻjalik mahsulotlari (kartoshka, qand, lavlagi, sut, donlar, oʻsimlik, baliq va hayvon yogʻlari va xokazolar) kiradi.
    • Oʻsimlik va hayvonotlarning texnikaviy xomashyolariga xalq xoʻjaligining yuqorida koʻrsatilgan tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan mahsulotlari kiradi. Bunday mahsulotlarni mexanikaviy va kimyoviy qayta ishlab, turmushda va sanoatda ishlatiladigan xomashyolar – paxta, yogʻoch, yogʻoch smolalari, poxol, zigʻir, kanop, hayvonlaro terisi va juni, ba’zi bir oʻsimlik va hayvon yogʻlari, hayvon suyaklari va xokazolar olinadi.

    Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari

    • Oʻsimlik va hayvonot xomashyolarini «ozuqali» va «texnikaviy» turlarga ajratish birinchi xilidan oziq-ovqatlar va ikkinchisidan faqat texnika mahsulotlari olinadi, degan gap emas. Sanoatda birinchi xil xomashyolar texnikaviy mahsulotlar va aksincha, ikkinchi xil xomashyolardan ozuqali xomashyolar olish keng miqyosda uchrab turadi. Lekin hozirgi paytda, iloji boricha, birinchi xil xomashyolarni texnika maqsadlari uchun ishlatmaslikka harakat qilinadi va bu masala kimyo sanoatini rivojlanishidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.
    • Paxta, kanop va shu kabi oʻsimlik tolalari toʻqimachilik sanoatida ishlatiladi. Oʻsimlik xomashyolaridan kraxmal, alkaloidlar, dorivor moddalar, antibiotiklar, vitaminlar, boʻyoqlar olinadi.
    • Hayvonot xomashyosi hisoblangan jun va moʻyna yengil sanoatda, hayvon suyaklari yelimlar, suyak uni olishda; goʻsht sanoati chiqindilari albuminlar, zardoblar olishda; hayvon yogʻlari turli xil moylar, glitserinlar olishda keng qoʻllaniladi.

    Download 247.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 247.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Факультетда мавжуд таълим йыналишлари ва мутахассисликлар

    Download 247.5 Kb.