Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining qisqacha




Download 426,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana06.02.2024
Hajmi426,53 Kb.
#152428
1   2
Bog'liq
19-120 4-SINF TABIATSHUNOSLIK DARSLIGINI TAHLIL QILISH VA TAQRIZ YOZISH
article, 2-Maruza, Amaliy shahzod, Bank ishi, 5454545454545454, Kurs ishi ekspluatatsiya Raxmatov J, Boboqulov Jahongir, amaliy ishi 5, Mavzu Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari tashkliy ta’mino, ehtimollar, masofaviy ta`lim, Mustaqil ish Risk compressed, Jabborov Komiljon Utkir o\'g\'li, Документ Microsoft Word
 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining qisqacha 
tarixi. 0 ‘zbekisfanning boshlangfich sinflarida 
tabiatshunoslikning oiqitilishi 
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining tarixi shuni ko'rsatadiki, muayyan 
darajadagi hal qilinadigan asosiy muammolar. ya’ni ta’limning mazmuni, 
o'qitish metodlari va ularni tarbiyalovchi ta’siri kabi masalalar o'qituvchilar va 
metodistlar tomonidan hal etiladi. Bu narsa ko'pincha ularning ijodiy 
tashabbusiga bog'liq bo'ladi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi ham
kutubxonasitarixiga ega. Uni vujudga kelishiga ko‘plab biolog-olimlar, 
metodistlar va o‘qituvchilaming xizmatlari singgan. Turli ijtimoiy sharoitlarda 
yaratilgan ko‘plab metodik qo'llanmalar va darsliklar shular jumlasidandir. 
Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikning o‘qitilishi. 0 ‘zbek tilida 


tabiatshunoslik bo‘yicha birinchi taijima adabiyotlar 1919- yilda vujudga keldi. 
Bular: «Boshlang‘ich jug‘rofiya» (A.A. Kruber 
kitobining ruschadan tarjimasi), «Turkiston» (A.A. Kruber kitobining ruschadan 
taijimasi) kabi asarlar edi. T. N. QoriNiyoziyning «Tabiatning parchasi» kitobi 
o‘qituvchilar uchun yaratilgan dastlabki qo‘llanmalardan biri hisoblanadi. 
1927—1929- yillarda birinchi bosqich maktab o ‘quvchilari uchun 
o'lkashunoslik darsliklari — «Kichik turkistonlik», «Bizning o‘lka», «Tabiiyot 
bo‘yicha o‘qish kitobi» hamda boshqa darsliklar nashr qilindi. 1948- yildan 
boshlang‘ich sinflarda tabiiyotni o'qitish tizimi o‘zgardi. 1 -3 - sinflarda 
tabiatshunoslik materiali izohli o'qish orqali o‘rganila boshlandi. Tabiiyot o‘quv 
predmeti sifatida 4- sinfga kiritildi va o‘zbek tiliga tarjima qilingan sobiq 
RSFSR dasturlari bo'yicha m ahalliy m ateriallardan foydalanib 
o‘rganildi. 1948- yili Y.M. Belskaya shu dasturga asoslanib, «Rus tilida o‘qish 
olib boriladigan 0 ‘zbekiston maktablarining 1 -4 - sinflari uchun dastur» — 
metodik yo‘l-yo‘riqlar yaratdi, unda 1 -3 - sinf o‘quvchilari bilan darslar va 
darsdan tashqari vaqtlarda (o‘qituvchi rahbarligida) kuzatish va tajribalar o 
‘tkazishga alohida e’tibor berildi. 1960- yildan boshlab yangi dasturlar joriy 
qilindi. Bunda 3— 4-sinflardagi tabiatshunoslik darslari mehnat darslari bilan 
almashtirildi. Tabiatshunoslik fanini o'qitish faqat 4- sinfda qoldirildi, 1961- yili 
0 ‘zbekistonning tabiiy sharoitlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos 
xususiyatlarini aks ettiruvchi «Tabiatshunoslik» darsligi (Y.M.Belskaya va 
boshqalar) yaratildi. 1970- yillarda 0 ‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv rejasi 


va dasturlari joriy etilishi munosabati bilan 2 - 3 - sinflarda «Tabiatshunoslik» 
predmeti o‘qitila boshlandi, uni o‘rganishga o ‘qish rus tilida olib boriladigan 
sinflarda 35 va 70 soatdan, o‘qish o‘zbek tilida olib boriladigan sinflarda esa 35 
soatdan vaqt ajratildi. 1972- yili Y.M. Belskaya tahriri ostida rus va o‘zbek 
tillarida 2- sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi nashr qilindi. Bu darslik 
kutubxonasiuch yillik boshlang'ich maktab dasturi bo'yicha o'qitildi. U ikkinch 
sinf o'quvchilarining yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzildi unda 0 
‘zbekiston o'simliklari va hayvonot dunyosining tipil xususiyatlari o‘z aksini 
topdi 1974- yili 3- sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi chop etildi 
Unda « 0 ‘lkamizning tabiati» mavzusiga katta e’tibor berildi. Un o‘rganish 2- 
sinfda o'tkazilgan kuzatishlarni umumlashtirish bilar boshlanar, tabiatdagi 
mavsumiy o‘zgarishlami hisobga olgan hold; olib borilar edi. Topshiriqlar 0 
‘zbekistonning jonsiz tabiat obyektlari, o‘simliklari va hayvonlarini 
kuzatishlardan mukamma foydalanishni nazarda tutar edi. 0‘qituvchilar uchun 
ham metodik qo'llanmalar nashr etilgar bo‘lib, ularda tabiatshunoslik kursi 
metodikasi 2 -3 - sinflarda shv fanni o'rganish xususiyatlari hisobga olingan 
holda bayon qilingan 1986- yildan boshlab maktablarda to‘rt yillik boshlang'ich 
ta’limga o‘tish munosabati bilan boshlang‘ich sinf uchun atrofdag olam bilan 
tanishtirish va tabiatshunoslik bo'yicha dasturlar hamdz «Atrof olam bilan 
tanishtirish» va «Tabiatshunoslik» kurslari bo'yicha o ‘quv-metodik 
komplekslar (darsliklar, metodik qo'llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr 
qilindi. Tabiatshunoslik sikli bo‘yicha o‘quv kompleksi muntazamlilik, 


mazmunining rivojIantirilishi sinfdan-sinfga o'tgan sari asta-sekin 
chuqurlashtirib. kengaytirib borish, tuzilishga yagona yondashish, tuzilishninc 
vorisligi bilan ta’minlandi. Ushbu dastur hamda darsliklar Respublikamiz 
mustaqillikka erishgandan so‘ng uning dastlabki yillariga qadar amalda bo'ldi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgach iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning 
o'ziga xos yo'Iiga ega bo'ldi. Mustaqillik barcha sohalarda bo'lgani kabi ta’lim 
sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi. O'zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi» talablari asosida ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, 
vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan «Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlarini 
ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi 1998- yil 5- yanvar qarori 
chiqdi va ushbu qarorga binoan «Davlat ta’lim standarti to‘g‘risidagi Nizom» 
tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta’lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1—2- 
sinflarda «Atrofimizdagi olam» va 3 -4 – sinflarda «Tabiatshunoslik» 
fanlarining o‘qitilishi ko'rsatib o‘tildi. kutubxonasiRespublikamiz miqyosida 
ushbu hujjatlarga muvofiq va «Davlat ta’lim standard to‘g‘risidagi Nizom»ga 
amal qilingan holda ta’lim jarayoni olib borilmoqda. 
Umumta‘lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta‘limi tizimini 
o’zgartirdi. Bolalarni o’qitish bir yil oldin — olti yoshdan boshlanadi. 
Boshlang’ich maktabda o’qishning davomiyligi bir yilga ko’payadi, bu 


bolalarni o’qishga, yozishga va hisoblashga asosli ravishda o’rgatish, ularga 
oddiy mehnat ko’nikmalarini singdirishga imkon beradi. 
Boshlang’ich sinflarning (1—2 sinflar) o’quv rejasiga «Atrofimizdagi olam» 
nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan bo’lib, uni o’rganishga haftasiga 1 soat 
ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari 
atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to’g’risidagi bolalar 
tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy 
tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat 
joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini shakllantirish, oila a‘zolariga muhabbat va 
ular to’g’risida g’amxo’rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, 
murabbiylarga va boshqalarga) e‘tibor bilan munosabatda bo’lishni, inson 
mehnati bilan bunyod yetilgan narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga 
mas‘uliyat bilan munosabatda bo’lishni, jonajon o’lkaga - vatanga muhabbatni 
tarbiyalashdir.
Kursini o’qitish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish, bolalarni 
kishilarining ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirish, xulq-atvor 
madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan 
tanishtirish formalari, metodlari va vositalari xilma-xildir: ekskursiyalar, atoqli 
kishilar bilan uchrashuv, korxona, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va 
kitoblar o’qish, kinofilm, diafilm va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, 
bayramlarga tayyorlanish va hokazolar. Olingan tasavvurlarni bolalar amaliy 


faoliyatida (o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat 
qilish bo’yicha mehnat va boshqalarda) mustahkamlaydilar. 
Ikkinchi yo’nalish bolalarni tabiat bilan bevosita muloqotda bo’lishda 
tanishtirish, tabiiy ob‘ekt va hodisalar to’g’risida tasavvurlar shakllantirish, ta-
biatga nisbatan mas‘uliyatli munosabatni xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni, 
tabiat muhofazasi bo’yicha baholi qudrat faoliyat tashkil qilishni nazarda tutadi. 
Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalar, o’quv sayrlari davomida va shuningdek 
amaliy ishlar tashkil qilinganda o’tkaziladigan kuzatishlar asosida amalga 
oshiriladi. Tabiat va unda boradigan o’zgarishlarni har kuni kuzatib borishni 
tashkil qilish katta ahamiyatga ega.
Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy faoliyatini (ijtimoiy-foydali mehnat, 
o’yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki yo’nalishlarni bog’lovchi vositadir. 
Kursning mazmunini (1—2-sinflar) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat», 
«Bizning maktab (bolalar bog’chasi) va jonajon tabiat», «Bizning shahar 
(qishloq) va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakat» mavzulari ochib beradi. Bu 
mavzular atrof olam to’g’risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan uzoqqa 
borish asosida to’plab, boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini beradi.
Pedagoglar olti yoshlilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning xususiyati 
o’yin faoliyatidan keng foydalanilish ekanligini doim esda tutishlari kerak. 
Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida o’yinlardan foydalanish bolalarda 


yangini bilishga tabiiy ehtiyojini rivojlantirishi, o’qishning har xil usullarini 
egallab olishga yordam berishi kerak. O’yinlar atrof olamni idrok qilishga, 
bolalarning jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga, ularda chaqqonlikni, 
tezkorlikni va harakatini boshqarishni, muvozanatni his qilishni, fazoda o’zining 
qaerdaligini aniqlay olish xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Atrofni idrok qilishda mazmunli vazifali o’yinlar alohida ahamiyatga ega. 
Shuning uchun ham o’yinlar mazmuniga axloqiy mazmundagi bolalar 
yozuvchilarining asarlaridan, xalq ertaklaridan olingan holatlarni kiritish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yinlar bolalarni jamoat qoidalarini bajarishga, 
madaniy xulq-atvor ko’nikmalarini egallab olishga o’rgatadi. Didaktik o’yinlar 
bolalarning nutqiy hamda aqliy rivojlanishining muhim manbalaridan biri 
sifatida o’quv mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlaydi, yangini 
bilib olishga qiziqish uyg’otadi, sinchkovlikni rivojlantiradi.
Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida, bolalar tomonidan sinfdagi, 
maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga 
alohida e‘tibor berish zarur. Bolalarga o’qituvchi, tarbiyachi, o’z o’rtoqlari bilan 
qanday aloqada bo’lishni ko’rsatishi kerak. Shunga ko’ra pedagoglar bolalarga 
faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilibgina qolmasdan, balki 
uni qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatadi. Odamlarning har xil harakatlari 
(ish yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan bolalar she‘rlari va 


hikoyalarini sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali 
uslubidir.
Qoidalarni tushuntirish shakllari har xil bo’lishi mumkin: chunonchi, sinf 
hayotidan aniq misollar bo’yicha suhbat, unda harakatga ma‘naviy baho 
beriladi: hikoyalar o’qish; diafilmlar ko’rish; o’qituvchiga o’quvchilar bergan 
savollarni muhokama qilish; bolalar jamoasida sodir bo’lgan ixtilofli 
vaziyatlarni tahlil qilish.
Barcha tarbiyaviy ishlar bolada o’z o’rtoqlari bilan muloqotdagi, mustaqil 
foydalanishdagi, har xil vaziyatlardagi xulq-atvor qoidalarini muvaffaqiyatli 
o’zlashtirishga imkon beruvchi faol pozitsiyani (yo’l tutishni) bunyodga 
keltirishi kerak Shunda bu qoidalar faqat o’qituvchining yoki ota-onalarning 
talabi sifatidagina emas, balki qoida sifatida qabul qilinadi, bolaning o’zi bunga 
amal qilishi kerak deb hisoblaydi va bu qoidalar faqat muvaffaqiyatli 
o’qishgagina emas, balki bolalar jamoasida yaxshi o’rtoqlik munosabatlarini 
vujudga kelishiga ham yordam beradi.
3—4 sinflardagi tabiatshunoslikning mazmuni
Tabiatshunoslik «Atrof olam bilan tanishtirish» kursining davomidir. 3—4-
sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — o’quvchilarning tabiat 
jismlari va hodisalari to’g’risidagi dastlabki bilimlarini kengaytirish, tushunarli 
misollarda tabiatdagi shuningdek odamlar bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro 


bog’lanishlarni ko’rsatish, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish 
bo’yicha odamlar mehnati bilan tanishtirish, zarur amaliy uquvlarni 
rivojlantirish va shu asosda o’quvchilarda boshlang’ich ilmiy moddiy 
dunyoqarashni shakllantirish, ekologik, estetik, vatanparvarlik tarbiyasini 
amalga oshirishdir. 
Tabiatshunoslik kursining vazifasi faqat o’quv dasgurning bo’limlariga muvofiq 
yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki tabiat to’g’risidagi 1—2-
sinflarda olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish hamdir. 
Tabiatni hamda jamiyat hayotining kompleks tarzda idrok qilish jonsiz tabiat 
bilan jonli tabiatning aloqasini, tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish 
zarurligini tushunishga imkon beradi. Ekologik ta‘limning maqsadlariga binoan 
tabiatshunoslik eng muhim vazifalaridan biri qilib, o’quvchilarni odamning 
tabiatga ko’rsatadigan ta‘siri bilan tanishtirishni, jamiyatning ma‘naviy kuch 
manbai sifatida tabiat tushunchasini rivojlantirishni qo’yadi. Tabiatshunoslik 
darslarida o’quvchilarda odamlar mehnatiga hurmat tarbiyalanadi, ularga zarur 
mehnat ko’nikmalari singdiriladi.
3-sinf dasturi ikki: «Jonajon o’lka tabiati» va «Odam organizmi va uning 
salomatligini muhofazg qilish» bo’limlaridan iborat. 
Birinchi bo’limni o’rganish o’lkashunoslik tamoyili bo’yicha amalga oshiriladi. 
Shuningdek tizimlilik va mavsumiylilik qoidalarini bajarishga katta e‘tibor 


beriladi. O’rmon, yaylov, dala kabi jamoalar bilan tanishtirishda shu joy uchun 
harakterliroqla-oiga afzallik beriladi. Jamoada avval bir nechta misollarda tipik 
o’simliklarning tur jixatidan xilma-xilligi o’rganiladi.
4-sinf tabiatshunoslik kursida asosiy e‘tibor o’quvchilarni Vatanimiz tabiatining 
turli-tumanligi bilan tanishtirishga qaratiladi. O’quvchilar joyning plani va 
uning shartli belgilari bilan tanishadilar, xarita to’g’risidagi oddiy bilimni 
o’zlashtiradilar, uning asosiy ifodalarini uqishga o’rganadilar, 
mamlakatimizning joylashishi, shimoldan janubga tomon tabiatning 
almashinishi haqida tasavvurlar oladilar. 
«Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi» bo’limi 
tabiatshunoslik kursini oxiriga yetkazadi va o’quvchilar olgan bilimlarni 
umumlashtiradi. Bunda avvalo tabiatni muhofaza qilishdagi odamning roli 
ajralib turadi. O’quvchilar tabiat muhofazasi bo’yicha qonunchilik hujjatlari 
bilan tanishadilar, ularning bajarilishi har bir o’lka fuqarosi uchun majburiy 
ekanligini bilib oladilar. O’zlari uddalaydigan foydali ishlarni belgilaydilar, 
ularda faol ishtirok qiladilar.
Maktab o’lkashunosligining vazifasi - o’quvchilar tomonidan ta‘lim-tarbiya 
maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi 
territoriyasini har tomonlama o’rganishdir. 


O’lkashunoslik — hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik 
o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq 
xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga olinganda 
o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhoazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z o’lkasini 
bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda ongli 
qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning 
mustaqilligini rivojlantiradi, chunki ijtimoiy-foydali mehnatda baholi qudrat 
faol qatnashishga imkon beradi. 
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob 
berishi kerak. Shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi 
bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha 
sinfga va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin, faqat ular barcha o’quvchilar 
tomonidan bajarilsin.
O’lkashunoslik qoidasi nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z 
o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga 
sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan 
albatta foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun 
o’qituvchi o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va 


darslar uchun o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam 
beradigan mahalliy ma‘lumotlarni tanlab olishi kerak. 
O’lkashunoslik qoidasi tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik 
qoidalardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noanikqa, 
yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda 
tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar esa—
ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanadi. 
O’lkashunoslik qoidasidan sistemali ravishda foydalanish olingan nazariy bilim 
va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’‘tadil, ya‘ni 
optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan 
o’tishda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, mahalliy 
qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va h.) bilan bog’lashga 
yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» 
emas, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan 
tabiatshunoslikni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma‘lum 
bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunoslik printsipida tuzilishi kerak.
Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan 
parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik 
tadqiqotlarining muhim qismi — tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga 


tavsif berish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat 
muhofazasidir. 
O’quvchilar o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo, suv havzalari, 
yashil ko’chatzorlar borligini va ularni ifloslanish va shikastlanishdan saqlashni 
bilib olishlari kerak. Hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish va ularni qirilishdan 
himoya qilish kerak. Qimmatli tabiat ob‘ektlarining ta‘rifini tuzish va ularni 
qo’riqlash, zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan 
hosil bo’lgan uyumlar kabilarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta‘sirini 
o’rganish va ularning oldini olishda ishtirok qilish kerak.

Download 426,53 Kb.
1   2




Download 426,53 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining qisqacha

Download 426,53 Kb.
Pdf ko'rish