• (Uzluksiz hol) 2-VARIANT
  • Fan : Ehtimollar va statistika Bajardi: Bahriddinova Mehriniso 4-shaxsiy topshiriq tanlanmaning boshlangʻich statistik tahlili




    Download 466,05 Kb.
    bet1/2
    Sana17.11.2023
    Hajmi466,05 Kb.
    #100444
      1   2
    Bog'liq
    DQtcHaNSWxqAQYfLkzZlPNa2Fwfnjcmhmgqxe68W

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY


    NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI

    Fan : Ehtimollar va statistika
    Bajardi: Bahriddinova_Mehriniso

    4-SHAXSIY TOPSHIRIQ
    TANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI
    (Uzluksiz hol)
    2-VARIANT
    Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay holatga keltiriladi. Buning uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada qatnashgan elementlarning minimum va maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3 turga boʻlinadi:

    1. Ranjirlangan variatsion qator;

    2. Diskret variatsion qator;

    3. Oraliqli variatsion qator.

    Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar oʻrtasidagi farq ham kata boʻlsa, u holda ranjirlangan yoki diskret variatsion qatorlar tuzish mantiqsiz ishga aylanadi. Bunday hollarda oraliqli variatsion qatorlar tuziladi.
    Taʼrif 1. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar oʻrtasidagi farq ham katta boʻlsa, u holda variantalar oraliqlaridan va bu oraliqqa kiruvchi variantalar chastotatalari yigʻindisidan iborat boʻlgan jadvalga oraliqli variatsion qator deyiladi.
    B tanlanma boʻyicha:

    1. Tanlanmada qatnashgan eng kichik va eng katta variantalar aniqlansin.

    2. Qoʻlda hisoblashni soddalashtirish uchun zarur boʻlgan yordamchi hisoblash jadval ustunlari topilsin.

    3. Shartda koʻrsatilganidek bir xil uzunlikdagi oraliqli variatsion qator tuzilsin;

    4. Nisbiy chastotalar aniqlansin;

    5. Yigʻma chastotalar aniqlansin;

    6. Variatsion qator poligoni chizilsin;

    7. Variatsion qator gistogrammasi chizilsin;

    8. Emperik taqsimot funksiya tuzilsin;

    9. Emperik taqsimot funksiya grafigi chizilsin;

    10. Tanlanma oʻrta qiymat hisoblansin;

    11. Tanlanma dispersiya hisoblansin;

    12. Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish hisoblansin;

    13. Moda topilsin;

    14. Mediana topilsin

    2-variantdagi B tanlanmadagi maʼlumotlarni keltirib yuqorida qoʻyilgan savollarga javob topamiz:
    В2 Таnlanma
    N=213 Birinchi oraliq boshi 62, Оraliq uzunligi :4
    Oraliqli variatsion qatorlarda tanlanma oʻtrta qiymat, tanlanma dispersiyalarni hisoblashda diskret variatsion qator uchun keltirilgan formulalar oʻrinli boʻladi, faqatgina variantalar sifatida oraliqlarning yoki boshlari, yoki oʻrtalari, yoki oxirlari olinadi. Tanlanmaning berilishidabirinchi oraliqni qaysi sondan boshlash kerakligi va oraliq uzunligi berilgan. Birinchi oraliq boshlanadigan son yoki birinchi oraliqning boshlangʻich bir nechta soni tanlanmada boʻlmasligi ham mumkin, shunga qaramay oraliq berilgan qoida boʻyicha tuziladi.

    1. Tanlanmada qatnashgan maʼlumotlar ichidan eng katta va eng kichik qiymatlarni aniqlaymiz:

    Tanlanma hajmi kichik boʻlganda bu qiyinchilik tugʻdirmasada, lekin katta hajmli tanlanmalarda bir qarashda eng kattta va eng kichik elementlarni aniqlash juda mushkul ish hisoblanadi shuning uchun min va max ni aniqlash uchun Excel dasturlar paketidan foydalanib toppish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

    Download 466,05 Kb.
      1   2




    Download 466,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan : Ehtimollar va statistika Bajardi: Bahriddinova Mehriniso 4-shaxsiy topshiriq tanlanmaning boshlangʻich statistik tahlili

    Download 466,05 Kb.