• Server protsessorlari. Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi. Ajratilgan server.
  • Virtual server.
  • Proksi-server.
  • Fan : “Kompyuter arxitekturasi” Mustaqil ish-1 Guruh




    Download 233,34 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/14
    Sana15.05.2024
    Hajmi233,34 Kb.
    #236702
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mustaqil ish-1 KA

    Server haqida ma'lumot 
    Server haqida ma'lumot
    Tarmoqqa ulangan, doimiy ishlaydigan va tarmoqning 
    turli xizmatlarini bajaradigan kompyuterga SERVER deyiladi.
    S erver tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi 
    va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu 
    xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari 
    internetga kirihs darvozalari hisoblanadi.
    Server protsessorlari.
    Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi.
    Ajratilgan server.
    Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. 
    Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter 
    ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni 
    ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar internetga 
    chiqa olishadi.
    Virtual server. 
    Kecha-yu kunduz internetga ulangan kompyuterni ishlatish oddiy 
    foydalanuvchiga qimmatga tushadi. Shuning uchun ular boshqa serverning 
    xotirasidan bo`sh joyni ijaraga olishadi va virtual serverga ega bo`lishadi. Bu xuddi 
    o`zingizning internetda vakolat xonangizga o`xshaganday. Albatta, foydalanuvchi 
    jismoniy server bilan foydalanish huquqiga ega bo`lmaydi, lekin tarmoq orqali 
    virtual serverga kirib, kerakli ma`lumotlarni yozib qo`yishi mumkin. Keyin 
    tarmoqqa kiritilgan ma`lumotlarni boshqa foydalanuvchilar kecha-yu kunduz 
    o’qishi mumkin.
    Odatda, bunday xizmatni provayderlar ko’rsatadi va uni “xosting” (inglizcha - 
    hosting) deb atashadi.
    Serverdagi xosting xizmatlari ikki xil bo’ladi: pulli va bepul. Pulli xosting 


    xizmatlarga boy va tez ishlaydi, bepulida esa xizmat turlari kam, ishlash tezligi 
    past va saytingizda o`zgalarning reklamalari paydo bo`lib turadi. O`rganishga 
    bepul xosting bo’laveradi, lekin jiddiy loyihalar uchun pulli serverlar zarur.
    Proksi-server. 
    Proksi-server – foydalnuvchi va internet orasidagi maxsus 
    vositachi dastur. Uni ishlatish shart emas, lekin bu dastur yordamida web 
    sahifalarining yuklash jarayonini tezlashtirish mumkin. Proksi-server Internetdan 
    ko`p ko`radigan sahifalarni qattiq diskdagi omborga saqlaydi va yana shu sahifalar 
    so`ralganda Internetdan emas, balki xotirasidan ko’rsatadi.
    Odatda, proksi-server ajratilgan serverga o`rnatiladi va tarmoq xizmatlarini ham 
    bajaradi: mahalliy tarmoq kompyuterlarini Internetga ulaydi. Tarmoqdagi 
    kompyuterlar internet so’rovlarini ajratilgan serverga uzatishadi, serverda esa 
    proksi dasturi so’rovlarni internetga chiqaradi va tashqaridan kelgan ma’lumotlarni 
    tarmoq kompyuterlariga yetkazib beradi. Yana proksi dasturi yordamida 
    kompyuterlarning tarmoqdagi ish jarayonini boshqarib, kuzatib turish ham 
    mumkin. 

    Download 233,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 233,34 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan : “Kompyuter arxitekturasi” Mustaqil ish-1 Guruh

    Download 233,34 Kb.
    Pdf ko'rish