Ajratilgan server va Protokol
Har xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir- birlarini
tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo`llaniladi. Tarmoq sohasida bunday
qoidalar to`plami protokol (bayonnoma) deb ataladi. Hozirgi kunda eng ko`p
qo`llanilayotgan protokol – TCP/IP dir. Bu protokol funksiyasini oddiy pochta
xizmatiga o`xshatsa bo`ladi. Agar siz xatni jo`natmoqchi bo`lsangiz, uni konvertga
joylashtirasiz, konvert ustiga jo`natuvchi va qabul qiluvchi manzillarni yozasiz va
keyin pochta qutisiga tashlaysiz. Xatingiz qanday qilib manzilga yetadi, qaysi
pochta bo`limlarida bo`ladi, qaysi pochtalyon olib boradi sizga farqsiz. Asosiysi
xat tez va butun yetib borishi. Huddi shunday TCP/IP protokoli tarmoqda ishlaydi.
Jo`natiladigan ma`lumot paketga joylashtiriladi va paketga jo`natuvchi va qabul
qiluvchi kompyuter manzillari yoziladi va tarmoqqa uzatiladi. Shunday qilib
tarmoqning bitta marshrutizatoridan (yo’l ko’rsatadigan maxsus qurilma yoki
kompyuter) manzilga qarab eng qisqa yo`llarini tanlab, keyingi marshrutizatorga
uzatilib, paket kerakli manzilga yetkaziladi. Faqat oddiy pochtadan farqi
ma`lumotni yetkazish vaqti kunlar bilan emas, soniyalar bilan o`lchanadi.
Tarmoqning uzatish yo`llari tiqilib qolmasligi uchun TCP protokoli katta hajmli
ma`lumotlarni kichik qismlarga bo’lib, alohida paketlarda uzatadi. Har bir paket
internetda IP protokol xizmati yordamida alohida sayohat qiladi. Paketlar manzilga
yetgach, TCP protokoli bo`lingan ma`lumotni yig`adi va boshlang`ich holatiga
keltiradi. Agar qandaydir paket manzilga yetib kelmasa, TCP protokol uni takroran
jo`natishni talab etadi, toki ma`lumot butun yetib kelmagungacha. Shuning uchun
TCP/IP ishonchli protokol deb aytiladi.
Aslida, TCP/IP – bu protokollar oilasi hisoblanadi. Unnig ichida bir necha boshqa
protokollar ham mavjud:
* UDP (User Datagram Protokol) – TCP protokoliga o`xshash, lekin ishonchsiz
(paket yetib borganini e`tiborga olmasdan ishlaydi). Bu protokol baland tezlikda
ishlaydigan jarayonlarda, masalan, videokonferensialarda va tarmoqning maxsus
xizmatlari uchun qo’llaniladi.
* FTP (File Transfer Protokol) – bu fayllarni tarmoqda uzatish protokoli.
Kompyuterdan kompyuterga fayllarni uzatish imkoniyatini yaratadi va o`zining
ishida TCP protokoliga tayanadi.
* SMTP (Simple Mail Transfer Protokol) – elektron pochtaning uzatish sodda
protokoli. Tarmoqning ikkita ihtiyoriy nuqtasi orasida pochta jo`natuvini
ta`minlaydi.
* Telnet – masofadagi kompyuterlarda har xil amallarning bajarilishini
ta`minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri terminal (ma`lumot
jo`natuvchi) rolini o`ynaydi. Siz buyruqlarni kiritasiz, ular masofadagi
kompyuterda bajariladi va sizning ekraningizda ularning natijasi namoyon bo`ladi.
* HTTP (Hyper Text Transfer Protokol) – gipermatnni uzatish protokoli. WWW –
texnologiyasi asosida ishlaydi.
Bundan tashqari, ko`plab, boshqa protokollar ham mavjud, lekin ular bilan
foydalanuvchilar kamroq uchrashishadi. Kerak bo`lsa maxsus adabiyotlardan ular
haqida ma`lumot olish mumkin.
|