6- amaliy ish
Mavzu: Openssl kutubxonasidan foydalangan holda ma’lumotlarni xesh
qiymatini hisoblash
Ishdan maqsad
: Xeshlash algoritmining ishlatilish
sohalari va ishlash
prinsiplari haqida amaliy bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Nazariy qism
Kriptografiyada, xesh funksiya deb ixtiyoriy uzunlikdagi (bitlar yoki baytlar
birliklarida) ma’lumotni biror fiksirlangan (belgilangan) uzunlikdagi (bitlar yoki
baytlar birliklariga) qiymatga o‘tkazib beruvchi funksiyaga aytiladi. Xesh
funksiyalardan amalda statistik tajribalar o‘tkazishda,
mantiqiy qurilmalarni
tekshirishda, ma’lumotlar bazasida tez qidirib topish algoritmlarini
yaratishda va
ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning butunligini tekshirishda foydalaniladi.
Xesh
funksiya deb, ixtiyoriy uzunlikdagi M ma’lumotni
fiksirlangan
uzunlikdagi h(M)=H qiymatga
akslantib beruvchi, oson hisoblanadigan bir
tomonli
funksiyaga aytiladi.
Xesh qiymat: “xesh qiymat”, “svertka”, “daydjest”, “barmoq izlari” deb ham
ataladi.
Xesh funksiyaga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Ixtiyoriy uzunlikdagi matn uchun qo‘llab bo‘lishlik.
2. Chiqishda belgilangan uzunlikdagi qiymatni berishlik.
3. Ixtiyoriy berilgan x bo‘yicha h(x) oson hisoblanishlik.
4. Ixtiyoriy berilgan H bo‘yicha h (x)= N tenglikdan x ni hisoblab topib
bo‘lmaslik. (Bir tomonlilik xususiyati).
5. Olingan x va y≠x matnlar uchun h(x)≠ h(y) munosabat o‘rinli bo‘lishi.
(Kolliziyaga bardoshlilik xususiyati).