|
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
|
bet | 3/7 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 133 Kb. | | #134903 |
Bog'liq 10836 5100000Касб таълими (Таълимда ахборот технологиялари)Фан дастури Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
«Ta’limda axborot texnologiyalar” fani asosiy umumkasbiy fanlaridan biri hisoblanib 6 - semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘іuv rejasidagi rejalashtirilgan nazariy informatika, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari, algoritmlash va dasturlash tillari, kompyuter tarmoqlari, axborot tizimlari va texnologiyalari fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
Fanning ta’limdagi o‘rni
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan olingan bilim, ko‘nikma va malakalar umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlaridagi kasbiy faoliyatida asosiy o‘rin tutib, yoshlarga bilim berishda va mutaxassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fanni o‘zlashtirishi bo‘lajak fan o‘qituvchisining umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb –hunar kollejlarda «Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish uchun yetarlicha bilimlarga ega bo‘lgan kadr sifatida ishlashiga imkon yaratib beradi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanning o‘qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko‘rgazmalilik bilan mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Shuning uchun dasturda amaliy-laboratoriya ishlariga katta e’tibor qaratilgan.
Talabalarning “Ta’limda axborot texnologiyalari” o‘quv fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘kitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo‘ladigan pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig‘ich” texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi.
Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual kartochkalar foydalaniladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko‘rgazmalilik bilan mustaxkamlashi kerak. Amaliy-laboratoriya ishlari kompyuter yordamida o‘tkaziladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Tizimlarning umumiy ta’rifi. Axborot texnologiyalari
Texnologiya tushunchasi.
Axborot texnologiyalari va ularning turlari.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
Axborot texnologiyalarining ta’minoti.
Zamonaviy axborot texnologiya vositalari.
Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari.
Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari.
Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari.
Ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar.
Ekspert sistemalari haqida ma’lumotlar.
Multimedia texnologiyalari.
Tarmoq texnologiyalari.
Internet texnologiyasi va uning xizmatlari.
Distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi.
Axborot texnologiyalari evolyusiyasi- axborot texnologiyalari taraqiy etishining asosiy bosqichlari.
Axborotlarni taqdim etish tizimlarining rivojlanishi.
Kommunikasiya tizimining rivojlanishi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari evolyusiyasi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi.
|
| |