|
Fan; ta’lim menejmenti asoslari mavzu; ta’lim tizimida menejmentida yapon boshqaruv modeli talaba; musurmanov adxamjon
|
bet | 3/3 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 5,28 Mb. | | #139855 |
Bog'liq atxamjonBOSHQARUV VA MODDIY TA’MINOT
Yaponiyada maktab, oliy ta’lim, o’quv tarbiya ishlarini ta’lim, fan va madaniyat vazirligi markazlashgan holda boshqaradi (Ionbusho). Uning boshqarish huquqiy kafolatiga ta’lim, fan, madaniyat va diniy muassasalar, shuningdek, kosmik fazoni tadqiq qilish ham kiradi.
Har bir prefektura va munitsipalitet qoshida 5 kishidan iborat kengash ta’lim masalalari bilan shug’ullanadi. Kengash a’zolarini teng huquqli asosda prefektura gubernatori va munitsipalitet boshlig’i tayinlaydi. Bu tizim 1948 yil joriy qilingan.
Ma’muriy jihatdan Yaponiya 47 prefektura (taxminan viloyat), 3262 munitsipalitetga bo’linadi. Munitsipalitetlar prefekturalar tarkibiga kirishiga qaramay, boshqaruv ishida ma’lum mustaqilliklarga egadirlar.
Prefektura esa katta o’rta maktab, nogironlar maktablari, nodir san’at, tabiat, tarix muzeylari va sport inshootlarini boshqaradi.
Munitsipalitet majburiy ta’limni boshqaradi va uning taqdiri uchun javob beradi.
O’QITUVCHILAR MALAKASINI OSHIRISHGA, MAKTAB, MUZEY, FUQAROLAR KLUBI, YOSHLAR MARKAZI, QIROATXONALAR UCHUN PUL MABLAG’LARINI MAHALLIY HOKIMIYAT AJRATADI.
TA’LIMGA AJRATILGAN JAMOAT FONDI QUYIDAGI TARKIBGA EGA:
MAHALLIY HOKIMIYAT HISSASI 47,3 FOIZI
PREFEKTURA HISSASI 26,1 FOIZ
MUNITSIPAL BOSHQARMA HISSASI 24,6 FOIZ
UMUMAN, YAPONIYA TA’LIMIGA MAMLAKAT YALPI DAROMADINING 8,6 FOIZI SARFLANADI.
Bitiruvchilarning mutlaq ko’pchiligi xalq xo’jaligining turli sohalarida samarali mehnat qiladilar. Oliy ma’lumotli mutaxassislar soni jihatidan Yaponiya jahonda ikkinchi o’rinda turadi. Ming ishchiga 190 ta oliy ma’lumotli mutaxassis to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich AQShda har ming kishiga 294, Buyuk Britaniyada 138, Frantsiyada 115 nafardir.
Bitiruvchilarga eng yuqori haq tulanadi. Erkaklarga nisbatan ayollar bajarilgan bir xil ish uchun 10 foiz kam haq oladilar.
OLIY MA’LUMOTLILAR
1984 yilda Yaponiya hukumati ta’limning muvaqqat qo’mitasini tuzdi. Xuddi shu yili Yaponiya o’qituvchilari Kengashi ta’limni isloh qilish bo’yicha o’z kengashini ta’sis etdi. Isloh qilish loyihasi quyidagilardan iborat:
- tinchlik va xalqaro birdamlik;
- inson huquqlari va ijtimoiy tenglik;
- bilim olishga umrbod huquqiy kafolat;
- ta’limda mustaqillik, o’zaro tajriba almashish, muloqot;
- islohotni amalga oshirishda xalqning keng ishtirokini ta’minlash.
E’tiboringiz uchun raxmat!!!
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Fan; ta’lim menejmenti asoslari mavzu; ta’lim tizimida menejmentida yapon boshqaruv modeli talaba; musurmanov adxamjon
|