Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Metallar har xil xossalarga ega bo‘lib, ularning ayrimlari yumshoq va qayishqoq, ayrimlari qattiq bukiluvchan yoki mo‘rt bo‘ladi. Metalldan buyumlar yasashda ularga mos ashyolarni tanlash uchun metallarning hossalarini bilish zarur.
Po‘lat va cho‘yan- temir va uglerodning qotishmasidir. Lekin po‘latning tarkibidagi uglerod kam, 2% gacha bo‘ladi. Cho‘yan tarkibidagi uglerod 2-4 % ni tashkil etadi. Cho‘yan tarkibida kremniy, marganes, fosfor va oltingugurt ham bo‘ladi. Cho‘yan mo‘rt va qattiq qotishmadir.
Metallar isiqlik va elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. Metallning anashu xossalari fizika darslarida batafsil o‘rganiladi.
Metallarga ishlov berishda ularning qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik kabi hossalarini bilib olishimiz lozim. Metallning qattiqligi uning boshqa narsalar ya’ni qattiqroq jismlar ta’siriga qarshilik qobliyati bilan belgilanadi. Agar po‘lat plastinka ustiga qo‘yilgan kernerga bolg‘a bilan urilsa plastinkada kichkinagina chuqurcha hosil bo‘ladi. Bordiyu bu ish mis plastinka bilan qilinsa, chuqurcha kattaroq bo‘ladi. Bundan po‘lat misga nisbatan qattiqroq ekanini bilib olasiz. Metallning plastikligi deganda agar metal tashqi kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirsayu, lekin sinmasa u plastic metal deyiladi. Metallning manashu hossalaridan uni tekislashda, bukishda, yoyishda va shtampofkalashda keng foydalaniladi. Metallning elastikligi deganda metallning kuch ta’siridan keyin yana o‘z holatiga qaytishiga aytiladi. Po‘latdan va misdan tayyorlangan purjinalarni bir paytda tortib va qo‘yib yuborib ko‘ring, bunda po‘lat purjina yana o‘z holiga kelishini mis purjina esa cho‘zilgancha qolishini ko‘rishingiz mumkin. Demak, po‘lat misga nisbatan bukiluvchan ekan. Metalning mo‘rtligi – metallning ortib boradigan kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olish qobliyatidir. Masalan cho‘yan plitaga urilsa plita sinadi. Cho‘yan mo‘rt material.
Qora metal qotishmalaridan tayyorlanadigan buyumlar;
Cho‘yan mo‘rt va qattiq qotishma bo‘lganligi uchun undan kuchli zarb tushmaydigan buyumlar tayyorlashda foydalaniladi; isitish radiatorlari, stanok staninalari, korpusli detallar va boshqalar. Cho‘yanni marten pechkalarida, konvertorlarda va elektr pechkalarda po‘lat lomlari bilan aralashtirib po‘lat hosil qilinadi. Po‘lat ham cho‘yan singari kremniy fosfor, oltingugurt va boshqa elementlarning aralashmasiga ega. Ammo bular cho‘yan tarkibiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Shuning uchun unga mexanik ishlov berish qulay. Po‘latning yumshoq va qattiq hillari mavjud. Sizlar tunukani ya’ni yumshoq po‘lat listlarni bilasiz. Qattiqroq po‘latdan similar, mixlar, burama mixlar, parchin mixlar va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Juda qattiq po‘latdan metal konstruksiyalari, asbobsozlik po‘latidan kesuvchi asboblar tayyorlashda foydalaniladi. Asbobsozlik po‘latining tarkibida uglerod va boshqa aralashmalarning ko‘pligi sababli u konstruksion po‘latga nisbatan qattiqroq va mustahkamroqdir.
|