|
Fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti sirtqi fakulteti
|
bet | 2/3 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 28,56 Kb. | | #129936 |
Bog'liq KURS IWIFanning ta’limdagi o’rni
«Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» fanini puxta o’zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, tinglovchilarning pedagogik faoliyati davrida ko’nikma sifatida xizmat qiladi. Tinglovchilarda fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligini o’rganish va amaliyotda o’quvlarga o’rgatish uslublarini o’rganishdan iborat. Metodika fanini o’rganish tinglovchilarni o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli xal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantiradi.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
«Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» fani o’quvchida darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, elektron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo’llash, interfaol usullarni, ta’limiy vositalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish muhim ta’limiy ahamiyatga ega.
Fan va texnikaning hozirgi rivojlanishi inson faoliyatining barcha sohalarida avtomatlashtirishni keng joriy etishni taqozo etadi. Ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil qilishda axborot texnologiyalarini qo’llash natijasida jamiyatning taraqqiyoti mislsiz o’zgarib ketmoqda. Ayniqsa, mikroelektronika, kompyuter texnikasi, asbobsozlik, axborot va axborotni qayta ishlash texnologiyasini avtomatik boshqaruv tizimini rivojlantirish evaziga hamma sohalarda katta o’zgarish bo’ldi.
Kompyuterlar keyingi yillarda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng tarqaldi. Shunig uchun, axborot va axborot texnalogiyasi, texnik-iqtisodiy sohadagi mutaxassislar tayyorlashda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarini o’rganishga alohida ahamiyat berilmokda.
Hozirgi kun talabalari zamonaviy texnik vositalardan foydalanish imkoniyatlarinigina bilib qolmay, balki amalda ular yordamida ishlab chiqarishni boshqarishning funktsional masalalarini echishni ham bilishlari kerak.
Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarini joriy etishdan maqsad boshqarishni engillashtirish, uning unumdorligini oshirish shuningdek, korxonalarning xo’jalik faoliyatini yaxshilashdir. Boshqarish darajasini va ikdisodiy natijalarining avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi kompyuterlar asosida tashkil etiladi. Buning uchun avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasini yaratish, kompyuter va sistemalarni tanlash, kompyuterni loyihalash va dasturlar ishlab chiqarish kabi malumotlarni o’rganib chiqishga to’g’ri keladi.
|
| |