|
c) 3 baho olish uchun talabaning fan bo`yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim
|
bet | 10/11 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 293,5 Kb. | | #270277 |
Bog'liq Sillabus Multimedia tizimlari va texnologiyalari 4-kurs DIc) 3 baho olish uchun talabaning fan bo`yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi;
fanning (mavzuning) umumiy mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi va aytib beradi;
fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega.
d) Quyidagi hollarda talabaning fan bo`yicha bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan;
fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi;
fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas.
YaN – yozma ish shaklida o‘tkaziladi.
YN uchun tuzilgan savollar bazasi hajmi va mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishishiga kafedra mas’ul.
Yakuniy nazoratlar bakalavriaturaning kunduzgi va kechki ta’lim shakli talabalariga Talabalar nazoratlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limida, magistratura talabalariga Magistratura bo‘limida o‘tkaziladi. Nazorat jarayoni va ishlarni tekshirishda mashg‘ulot olib borgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etmaydi.
Yozma ish shaklidagi nazoratlar maxsus jihozlangan xonalarda, videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va baholanadi.
Tekshirilgan yozma ishlardan ixtiyoriy tarzda tanlangan qismi baholashning adolatliligini o`rganish maqsadida skanerlangan holda respublikamizning turdosh oliy ta’lim muassasalariga yuborilishi mumkin. Shu orqali YNlarni tekshirishga jalb qilingan professor-o‘qituvchilar faoliyatiga baho berib boriladi.
Test shaklidagi nazoratlar videokuzatuv ostida kompyuter sinflarida olinadi.
Fan o‘qituvchisi to‘g‘risida ma’lumot
Mualliflari:
|
Aminov I.B. – fizika-matematika fanlari nomzodi, professor (tel.:+99891 5406178)
|
|
|
| |