|
Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili
|
bet | 5/7 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 402,75 Kb. | | #139255 |
Bog'liq MMT 93-2G. Rajabova Nuriniso2. Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili.
Bizga ma’lumki Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishga, davlat o’z funksiya va vazifalarini bajarishga, shunungdek, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkon beradiga dastaklardan biri – davlat budjetidir.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasida davlat budjeti tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi.1
Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida o’zida davlatning bir yilga mo’ljallangan daromadlari va xarajatlarini ifodalaydi. Moliya yiliga mo’ljallangan daromadlar va xarajatlar rejalashtirilib, tasdiqlanadi. Ularni amalga oshirish esa budjet munosabatlari hisoblanadi
Shunday ekan har qanday hududning daromadlar bazasini oshirish va xarajatlarni optimal sarflash uchun, daromadlarni oshirish doirasida turli kreditlar ajratish, investitsiyalar jalb qilish, kerak ekan. Xarajatlarni optimal sarflashda esa ob’ektivlikka yo‘l qo‘yish kerakligi, zamonaviy texnalogiya usullaridan keng foydalanish evaziga samaradorlikka erishish mumkin.
To‘g‘ri soliqlarning mohiyatini yaxshi tushunish uchun ularni egri soliqlardan farqli jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Egri soliqlar tovar (ish, xizmat)lar bahosiga ustama ravishda belgilanib, ularning bahosini oshishiga olib keladi va iste’molchi xarid qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar bahosi tarkibida bunday soliqlarni to‘laydilar. Ma’lumki, bunda iste’molchi tovar bahosi tarkibida to‘layotgan soliq miqdori haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Aslida iste’molchi uchun buning qizig‘i ham yo‘q. Chunki, iste’molchi qancha soliq to‘layotganini bilsa ham tovarni arzonroq narxda sotib olish imkoniyati mavjud emas. Egri soliqlar soliq to‘lovchilarning daromadlilik darajasini e’tiborga olmaydi. Ular qancha ko‘p tarkibida egri soliqlar mavjud tovar (ish, xizmat)larni xarid qilsalar, shuncha miqdorda ko‘proq soliq to‘laydilar. Shuning uchun egri soliqlar ayrim nashrlarda iste’mol solig‘i deyiladi.
Nazarimizda, soliqlarning adolatliligini ta’minlashda to‘g‘ri soliqlarga ustuvorlik berish maqsadga muvofiq. Lekin biz yuqorida mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, to‘g‘ri yoki egri soliqlarga ustuvorlik berish kerak degan fikr bildirgan edik. Chunki, to‘g‘ri soliqlarning obyekti yoki bazasi unchalik katta bo‘lmagan sharoitda soliq yukining ko‘proq qismini to‘g‘ri soliqlarga qaratilishi soliq to‘lovchilarning soliqdan qochishga bo‘lgan moyilligini oshiradi. Ma’lumki, to‘g‘ri soliqlarni to‘lovchilar to‘layotgan solig‘i haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar, ya’ni ular soliq yukini to‘liq his etadilar. Shu bois, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan davlatlarda yoki rivojlanayotgan davlatlarda to‘g‘ri soliqlarga qaraganda egri soliqlarga ustuvorlik beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibidagi soliqli daromadlar hamda ularning tarkibini tahlil qilamiz. Jadvalda davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqli daromadlarning har biri uch yillik davr mobaynidagi statistik ko‘rsatkichlariga tayangan holda tahlil qilingan. Jadvaldan ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, soliqli daromadlarning eng yuqori ulushi bilvosita soliqlarga tegishli. Ayniqsa qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘zi 2020-yilda soliqli daromadlaring 40%ini tashkil qilgan va bu ko‘rsatkich 2022-yilga kelib salbiy farqqa o‘zgarganiga qaramasdan o‘zining yuqori ulushdaligini ta’minlagan.
Yurtimizda davlat byudjeti daromadlarining soliqli daromadlari qismida bevosita soliqlarning ahamiyatini hamda salmog‘ini oshirish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Quyida soliq turlari boʻyicha amalga oshirilgan ayrim islohotlarni ko’rib chiqsa.
Foyda solig‘i bo‘yicha. 2023-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar dividend ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanligini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi.
2023-yilning 1-yanvaridan 13-yanvariga qadar davlat budjeti xarajatlari daromadlardan 2,3 barobar oshib ketgani, buning natijasida taqchillik 5,5 trln so‘mga yetgani haqida xabar bergandi. Bu 2023-yilda rejalashtirilgan taqchillikning beshdan bir qismidan ko‘proq hisoblanadi (25,1 trln so‘m, gap davlat budjeti haqida ketmoqda, konsolidatsiyalashgan budjet haqida emas). Shuningdek, bu ko‘rsatkich 2021-yilning shu davriga nisbatan 17,4 barobar ko‘p (2020-yildagidan 20,4 baravar). Yanvar oyining o‘rtalaridan boshlab vazirlik kamida 2019-yildan beri e’lon qilib kelinayotgan budjet daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishni to‘xtatdi.
28-avgust kungi ma’lumotlarga ko‘ra, davlat budjeti xarajatlari 3 trln 250 mlrd so‘mni tashkil etdi va bu daromadlariga nisbatan 456 mlrd so‘mga yoki 7 barobar ko‘p hisoblanadi. 29-avgust kuni daromadlar 1,58 trln so‘m, xarajatlar 1,32 trln so‘mga yetdi. Xarajatlarning keskin o‘sishi pensiya va nafaqalarning Mustaqillik bayrami oldidan to‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘ fuqarolarning kartalariga 29−31-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov birinchi yarimyillikda O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari daromadlaridan 29 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) ko‘proq bo‘lganini ma’lum qilgandi. 2023-yil yakuniga ko‘ra profitsit prognoz qilinganiga qaramay, defitsit deyarli 6,2 foizni tashkil etdi.
Avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov budjet taqchilligi haqida so‘ralganda aniq miqdorni aytmagan, biroq bu limitdan “biroz yuqori” ekanini ta’kidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkichning o‘sishi gaz importining ortishi bilan bog‘liq, vaholanki, birinchi olti oyda O‘zbekiston atigi 200 million dollarga gaz import qilgan (bu 2,5 mlrd dollarlik defitsitdan ancha kam).
Avval xabar berganimizdek, prezident qarori loyihasi bilan 2023-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining maksimal chegarasini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan 5 foizga yoki 53,4 trln so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda. Agar hukumat yana xarajatlar chegarasidan o‘tib ketsa bu davlat xarajatlarining yana 1,8 mlrd dollarga oshishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti soliqli daromadlari, (mln.so‘mda)1
Soliq turlari
|
2019
|
Foizda
|
2020
|
Foizda
|
2021
|
Foizda
|
2022
|
Foizda
|
Qo‘shilgan
qiymat solig‘i
|
40786,30
|
0,40
|
31177,40
|
0,23
|
46955,40
|
0,32
|
53300,00
|
0,27
|
Aksiz solig‘i
|
12681,30
|
0,12
|
11697,30
|
0,09
|
11820,10
|
0,08
|
1503,80
|
0,01
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i
|
11367,40
|
0,11
|
15140,80
|
0,11
|
16905,80
|
0,11
|
22045,00
|
0,11
|
Yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq
|
10679,70
|
0,10
|
16417,10
|
0,12
|
13588,20
|
0,09
|
14403,50
|
0,07
|
Foyda solig‘i
|
7526,90
|
0,07
|
28712,20
|
0,22
|
27779,40
|
0,19
|
38557,20
|
0,19
|
Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq
|
268,50
|
0,01
|
478,80
|
0,15
|
387,30
|
0,00
|
910,00
|
0,06
|
Yer solig‘i
|
1834,30
|
0,02
|
1974,30
|
0,01
|
2941,00
|
0,02
|
5173,80
|
0,03
|
Mulk solig‘i
|
1851,10
|
0,02
|
1353,90
|
0,01
|
2510,30
|
0,02
|
4826,60
|
0,02
|
Yagona ijtimoiy
to‘lov
|
1192,10
|
0,01
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Bojxona boji
|
2018,80
|
0,02
|
3553,70
|
0,03
|
3751,20
|
0,03
|
4826,60
|
0,02
|
Boshqa soliqsiz
tushumlar
|
11835,40
|
0,12
|
2386,70
|
0,02
|
18403,60
|
0,13
|
40764,10
|
0,20
|
Aylanmadan
olinadigan soliq
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2160,00
|
0,01
|
2728,30
|
0,01
|
Jami:
|
102627,60
|
1,00
|
132938,10
|
1,00
|
147202,30
|
1,00
|
200000,00
|
1,00
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |