|
Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti
|
bet | 1/7 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 402,75 Kb. | | #139255 |
Bog'liq MMT 93-2G. Rajabova Nuriniso
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM ,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BYUDJET HISOBI VA G‘AZNACHILIK” FAKULTETI
“MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” YO’NALISHI
“MOLIYA” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: DAVLAT MAQSADLI JAMG'ARMALARINING TURLARI , TASHKILIY- HUQUQIY ASOSLARI , DAROMADLARI VA XARAJATLARI FAOLIYATINI SAMARALI BOSHQARISH MASALALARI
Bajardi : MMT 93-2G. Rajabova Nuriniso
Qabul qildi : G.T.Kasimova
Toshkent – 2024 yil
Mavzu: Davlat maqsadli jamg'armalarining turlari , tashkiliy- huquqiy asoslari , daromadlari va xarajatlari faoliyatini samarali boshqarish masalalari
Reja:
Kirish :
Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari.
Davlat byudjeti haqida tushuncha va uning nazariy jihatlari.
Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili.
Davlat daromadlari va xarajatlarining boshqarish masalalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar .
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardosh iqtisodiyotni qaror topdirish davrida moliya – budjet sohasida kechayotgan islohatlar o’zining yangi sifat bosqichiga ko’tarildi.
Davlat moliyasi davlatning ijtimoiy – iqtisodiy vazifalarining bajarilishida, davlat budjeti mablag’larini qayta taqsimlash va bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.Ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va aholiga yetkazish davlat moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq chora - tadbirlar moliyalashtirish asosan, budjet mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining xarakterli tomoni shundaki, moliyaviy resurslarning jumladan, davlatning moliyaviy resurslarining cheklanganidir. Vaholanki, davlat budjeti mablag’lari respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Davlat moliyasini boshqarish doimo rivojlanishda, yangilanishda bo’lib, yangi g’oyalar, qarashlar va yondashuvlarning paydo bo’lishi uni yanada boyitmoqda budjet mablag’laridan samarali foydalanish nafaqat bizning davlatimizda balki butun dunyoda bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biridir. Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida davlat budjetining shakllanishi va uning xarajatlaridan yanada samarali foydalanish, budjet taqchilligi o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, shu bilan birga budjet mablag’laridan foydalanish jarayonida budjet intizomlariga rioya etilishini va bunda budjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat budjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi. Shu sababli ushbu kurs ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadi va xarajatlarini sarfini boshqarishdagi muommolarni hal qilishning samarali yo’nalishlarini aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Kurs ishining oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
Davlat budjeti haqida umumiy tushuncha hosil qilish va uning iqtisodiy mohiyatini o’rganish, budjet mablag’larining tarkibiy tuzilishi va klassifikatsiyasini ko’rib chiqish
O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet mablag’laridan samarali foydalanish va tartibga solishdagi o'ziga xos o'rnini tadqiq etish
O'zbekiston Respublikasida budjet mablag’laridan samarali foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ko’rib chiqish
Budjet daromadlari va xarajatlaridan samarali foydalanish va boshqarish holatini tahlil etish
O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari va xarajatlari ijrosining joriy holati tahlilini amalga oshirish
Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini oshirish masalalarini tadqiq etish
Davlat budjeti mablag’larini shakllantirish va foydalanishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
ijtimoiy soha muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini;
2 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
|
| |