|
Fanidan 6-Amaliy ish Bajardi
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 52,23 Kb. | | #235307 |
Bog'liq psixalogiya 6
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Pedagogika va Psixologiya fanidan
6-Amaliy ish
Bajardi: PED003-2 guruh
Talabasi Norquvvatov Asliddin
Tekshirdi: Hamrayeva Gulnoz
Toshkent -2024
Topshiriq 6
1. Muloqotning psixologik tomonlari
2. Muloqat va uning turlari.
3. “INSON UNING ICHKI OLAMI, OMMA BILAN MULOQAT MADANIYATI” to‘g‘risida esse yozish
1.Muloqot - odamlar o'itasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chigadigan bog'lanishlar rivolanishining ko°p qirali Jarayonidir Muloqot
(munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ Jihati hisobga olinadi.
Kishilar munosabatga kirishishda avalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir Jihati munosabatga kirishuvchilarning o' zaro birgalikdagi harakati - nutq Jarayonida faqat so zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni goniqtirsa imo-ishora bilan Muloqotda bo'lamiz. Munosabatning keyingi Jihati Muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan
Mulogotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, Mulogot Jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Muloqot gonuniyatlarini bilish hamda uni o'ratish malakalari va gobiliyatlarini rivolantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Har bir kishining o' "Ment" atrofdagilar bilan bo' ladigan Mulogot Jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yo'llari avval oilada, bog'cha, maktab, institut, ishona, keksalar orasida, ya'ni guruh va Jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma'naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu Mulogotga bo'lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz gondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo Mulogotga bo'lgan ehtiyojlarimizni gondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo'lgan Mulogotdan goniqish hosil gilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz goniqmaslikni his qilamiz.
2.Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.
Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.
Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir.
Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq.
Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.
Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi.
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
3.Insonning ichki olami uning tashqi ko'rinishida ham o'z ifodasini topar ekan. Etiborli inson suhbatdoshining harakteini mayda-chuyda harakatlariga qarab ilg'ab olar ekan. Masalan barmoqlar uzunligiga va figurasiga qarab buni aniqlash mumkin ekan.Ma'ruza yoki nutq sifatida ham tanilgan ommaviy nutq an'anaviy ravishda ma'nosini anglatadi jonli auditoriya bilan yuzma-yuz gaplashish harakati.Omma oldida nutq so'zlash turli maqsadlarda qo'llaniladi, lekin ko'pincha o'qitish, ishontirish yoki o'yin-kulgining aralashmasidir. Ularning har biri biroz boshqacha yondashuv va texnikaga asoslangan.
|
| |