• III. Texnologik qism IV.Iqtisodiy qism. V.Mehnat muhofazasi VI.Xulosa. VII. Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: Internet xizmatlari va protokollari




    Download 2.19 Mb.
    bet1/14
    Sana01.04.2024
    Hajmi2.19 Mb.
    #184093
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

    Mavzu: Internet xizmatlari va protokollari
    Reja:
    I.Kirish


    II.Asosiy qism:
    1. TCP/IP stеkining strurturаsi. Prоtоkоllаrning qisqаchа
    хаrаktеristikаsi
    2. IP tаrmоg’idа аdrеslаs

    3. Mахsus аdrеslаr hаqidа kеlishuv: broadcost, multicost,


    loopback


    4. Fizik аdrеslаrni IP-аdrеsdа аks ettirish:
    ARP vа RARP prоtоkоllаri
    III. Texnologik qism
    IV.Iqtisodiy qism.
    V.Mehnat muhofazasi
    VI.Xulosa.
    VII. Foydalanilgan adabiyotlar



    Kirish
    Har xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir- birlarini tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo`llaniladi. Tarmoq sohasida bunday qoidalar to`plami protokol (bayonnoma) deb ataladi. Hozirgi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan protokol – TCP/IP dir. Bu protokol funksiyasini oddiy pochta xizmatiga o`xshatsa bo`ladi. Agar siz xatni jo`natmoqchi bo`lsangiz, uni konvertga joylashtirasiz, konvert ustiga jo`natuvchi va qabul qiluvchi manzillarni yozasiz va keyin pochta qutisiga tashlaysiz. Xatingiz qanday qilib manzilga yetadi, qaysi pochta bo`limlarida bo`ladi, qaysi pochtalyon olib boradi sizga farqsiz. Asosiysi xat tez va butun yetib borishi. Huddi shunday TCP/IP protokoli tarmoqda ishlaydi. Jo`natiladigan ma`lumot paketga joylashtiriladi va paketga jo`natuvchi va qabul qiluvchi kompyuter manzillari yoziladi va tarmoqqa uzatiladi. Shunday qilib tarmoqning bitta marshrutizatoridan (yo’l ko’rsatadigan maxsus qurilma yoki kompyuter) manzilga qarab eng qisqa yo`llarini tanlab, keyingi marshrutizatorga uzatilib, paket kerakli manzilga yetkaziladi. Faqat oddiy pochtadan farqi ma`lumotni yetkazish vaqti kunlar bilan emas, soniyalar bilan o`lchanadi.
    Tarmoqning uzatish yo`llari tiqilib qolmasligi uchun TCP protokoli katta hajmli ma`lumotlarni kichik qismlarga bo’lib, alohida paketlarda uzatadi. Har bir paket internetda IP protokol xizmati yordamida alohida sayohat qiladi. Paketlar manzilga yetgach, TCP protokoli bo`lingan ma`lumotni yig`adi va boshlang`ich holatiga keltiradi. Agar qandaydir paket manzilga yetib kelmasa, TCP protokol uni takroran jo`natishni talab etadi, toki ma`lumot butun yetib kelmagungacha. Shuning uchun TCP/IP ishonchli protokol deb aytiladi.
    Aslida, TCP/IP – bu protokollar oilasi hisoblanadi. Unnig ichida bir necha boshqa protokollar ham mavjud:
    * UDP (User Datagram Protokol) – TCP protokoliga o`xshash, lekin ishonchsiz (paket yetib borganini e`tiborga olmasdan ishlaydi). Bu protokol baland tezlikda ishlaydigan jarayonlarda, masalan, videokonferensialarda va tarmoqning maxsus xizmatlari uchun qo’llaniladi.
    * FTP (File Transfer Protokol) – bu fayllarni tarmoqda uzatish protokoli. Kompyuterdan kompyuterga fayllarni uzatish imkoniyatini yaratadi va o`zining ishida TCP protokoliga tayanadi.
    * SMTP (Simple Mail Transfer Protokol) – elektron pochtaning uzatish sodda protokoli. Tarmoqning ikkita ihtiyoriy nuqtasi orasida pochta jo`natuvini ta`minlaydi.
    * Telnet – masofadagi kompyuterlarda har xil amallarning bajarilishini ta`minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri terminal (ma`lumot jo`natuvchi) rolini o`ynaydi. Siz buyruqlarni kiritasiz, ular masofadagi kompyuterda bajariladi va sizning ekraningizda ularning natijasi namoyon bo`ladi.
    * HTTP (Hyper Text Transfer Protokol) – gipermatnni uzatish protokoli. WWW – texnologiyasi asosida ishlaydi.
    Bundan tashqari, ko`plab, boshqa protokollar ham mavjud, lekin ular bilan foydalanuvchilar kamroq uchrashishadi. Kerak bo`lsa maxsus adabiyotlardan ular haqida ma`lumot olish mumkin





    Download 2.19 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 2.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Internet xizmatlari va protokollari

    Download 2.19 Mb.